Aholiga transport xizmati ko‘rsatishdagi qulayliklar

Aholiga transport xizmati ko‘rsatishdagi qulayliklar

https://t.me/sirdaryomintrans

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-iyuldagi “Hududlarda jamoat transporti xizmatlari sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 30 dona Isuzu rusumli avtobuslar Sirdaryo viloyatining olis aholi punktlarini tuman markazlari bilan bog‘lovchi jamoat transporti yo‘nalishlarida muntazam qatnovlarni tashkil etish maqsadida Sirdaryo viloyati hokimligiga balans qiymatida operativ boshqaruv huquqi bilan bepul taqdim etilgan.

     Mazkur avtobuslar viloyat hokimining tegishli qarorida belgilangan hududlardagi yo‘nalishlarga joylashtirilishi rejalashtirilgan.

     Jumladan, “Insof” MChJga biriktirlgan avtobuslar Sayxunobod tumanining “Sayxun – Baxt” avtobus yo‘nalishida qatnovlarni amalga oshirib, ushbu hudud aholisiga xavfsiz, sifatli, qulay va arzon bo‘lgan jamoat transporti xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

“Sayxun – Baxt” avtobus yo‘nalishi


Report Page