Agzam Nartayev GIZ eksperti Ann Kristin Xanser bilan uchrashdi

Agzam Nartayev GIZ eksperti Ann Kristin Xanser bilan uchrashdi

Uzpharmcontrol

Joriy yilning 25 noyabr kuni Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida, muassasa rahbari Agzam Nartayev, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ning O‘zbekistondagi sog‘liqni saqlash loyihalarida tibbiy texnologiyalarni boshqarish bo‘yicha eksperti, “GOPA” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Tibbiy salomatlikning ilg‘or texnologiyalarini boshqarish” loyihasi vakili Ann Kristin Xanser bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya o‘rtasida farmatsevtika sohasini tartibga solish, jumladan, markaz mutaxassislarining malakasini oshirish va tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

A.Nartayev farmatsevtika mahsulotlari aylanmasini tartibga solishni rivojlantirish bo‘yicha Germaniyaning katta tajribasi borligini ta’kidlab, Markazning yaqin keljakdagi rejalari, jumladan sohada xalqaro sifat standartlarini joriy etish, JSST yetuklik darajasiga erishish, tizimda korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida to’xtaldi.

Shuningdek, muloqot davomida, “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri negizida yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan laboratoriyalar tashkil etish muhimligi, bu esa O‘zbekiston Respublikasidagi ro‘yxatdan o‘tkazish natijalarini boshqa mamlakatlarda ham e’tirof etilishida o’ziga xos zamin yaratishi qayd etildi.

O‘z navbatida Ann Kristin Xanser Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalarning holati haqida batafsil ma’lumot berib, Markazning rejalarini qo‘llab-quvvatlashi hamda Germaniyaning tegishli tashkilotlari bilan hamkorlik o’rtanishda amaliy yordamga tayyorligini ma’lum qildi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati
Telegram
| Facebook | Instagram | Youtube

Report Page