Agrotexnologiya fakulteti talabalari Samarqand UZAUTO TRAILER zavodida

Agrotexnologiya fakulteti talabalari Samarqand UZAUTO TRAILER zavodida


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektorining bildirilgan xatiga asosan Agrotexnologiya fakulteti Agrotexnologiya, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kafedrasi professori I.T.Ergashev amaliy yordamida 16-iyun kuni katta o'qituvchi T.Xayitov, assistent X.Shodiyev, A.Ismatov rahbarligida Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish ta'lim yo'nalishi 105-guruh hamda Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ta'lim yo'nalishi 101-guruh talabalari bir kunlik tanishuv amaliyotiga hamda Texnologik nazoratning asboblari va usullari, Qayta ishlashda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish fanlaridan 301-guruh talabalari katta o'qituvchi T.Xayitov rahbarligida Samarqand UZAUTO TRAILER zavodiga tashrif buyurdilar.

Zavodda talabalar ishlab chiqarish jarayonida ishlatilayotgan mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan zamonaviy texnologiyalar bilan zavod ishchi xodimlari tomonidan yaqindan tanishtirildi.

Ushbu jarayon O'quv jarayonida yangi texnika va texnologiyalar bilan tanishish maqsadida, zavod sharoitida texnologik jarayonlar bilan tanishish uchun tashkil etildi.

Bu kabi ishlar albatta har bitta talaba-yoshda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan dahldorlik hissini kuchayishida muhim mezon bo'lib xizmat qiladi deb ishonamiz.


Axborot xizmati

Report Page