Afsus...
Ko Jivu
Xayrlashuv maktubi...
Insonlar qalbiga ogʻriq bermang! Axir ularda ham sizniki kabi qalb bor-ku... Oʻzganing qalbiga bergan ogʻriqni, oʻzingiz his qilib koʻrmaguningizcha, uning boshidan qanday azobli hislar oʻtganini bilmaysiz!
Baʼzi insonlar bor, nursiz hayotiga rangdorlik jilosini sochishlari uchun ming bor ishonchini yoʻqotishadi. Ota-onasining bir ogʻiz shirin soʻzini eshitish uchun soatlab, kechalari bilan oʻz ustida ishlashadi, unda hammasi yaxshiligini aytadi-yu, aslida ahvoli yaxshi boʻlmaydi. Shunchaki ojizligini koʻrsatmaslik uchun haqiqiyligini yashiradi. Kechalari ogʻriqdan qalblari yigʻlashadi! Haqiqiy his-tuygʻulari, tabassumi butunlay oʻzligini sogʻinchli qilib yashirishadi! Siz ular nimalaridan voz kechganligini, qanday azoblarga bardosh berganini bilmaysiz. Soxta kulgu bilan qarovchi olamni, soxta tabassumlar ortidagi ogʻriqli dardlarni, odamlarga baxt, quvonch, yaxshilik qilish uchun ogʻriqli boʻlsa-da hamisha tabassum qiluvchi koʻzlarda qanday azobli his aks etayotganini siz qayerdan ham bilar edingiz! Mehrga tashna qalbida joʻsh urgan orzulari ummonini qora dengizga aylantirganini siz hech qachon anglamagansiz! Qalbi ogʻriqqa toʻlgan boʻlsa-da, sizga oʻz dardlarini koʻrsatmaslik uchun shunchaki qiyin boʻlsa-da ogʻriqli jilmayib qoʻyishadi, xolos. Unda ham sizniki kabi qalb bor. Qalbida mehr tafti, yuzlarida odamlarga samimiyat bilan tikilib turgan tabbasumi bor. Qalbi ogʻrigʻi oʻrnida bir paytlar chechakli mehr tafti bisyor boʻlgan. U hissiz emas, uni dunyo, insonlar hissizlik jarligiga uloqtirishdi. Butun dunyo tashvishini mitti yelkalarida suyaklari sinib ketgudek boʻlsa ham koʻtarib yurganini qalbiga yashirgan ogʻriqlarini siz qayerdan ham bilar edingiz! Mehrsizlikka belangan yoshlik davrini ota-onasiga kuchli ekanligini isbotlash uchun qancha zahmat chekib oʻqib-uqiganini bilarmidingiz? Siz aynan mana shunday qalb ogʻrigʻidan azob chekayotgan biror insonni koʻrdingizmi? Agarda koʻrmagan boʻlsangiz menga boqing aynan men shudnay insonman! Men ham hayotimni shirin xotiralarga boyitishni istayman, men ham mehr taftini istayman... Shunchaki men kabi insonlarni kibrli, hissiz, takabbur deya hisoblamang... Avvalo ularning qalbiga jo boʻlgan his-tuygʻularga nazar soling, balki men kabi insonlar qalb ogʻrigʻidan sizning nigohlaringiz bilan halos boʻlar... Shunchaki mehr-muhabbat barcha narsani oʻzgartiradi. Oz boʻlsa-da mehr butun dunyoni oʻzgartiradi... Afsuski dunyo mehr bogʻi emas, afsus...
Ko Jivu...
Pov: Avtor
Kuz yomg'irining ilk tomchilarini iliqlik bilan sogʻinish ila kutgan qiz uyi derazasiga timdalab yogʻayotgan yomgʻirga uzoq tikilish bilan oʻtirardi. Goʻyoki bu yomgʻirni, fasllarni ortda qoldirib, intizor kutgandek uydan chiqib yomgʻirga bagʻrini keng ochib bersa-yu qalbi hotirjamlikka toʻlsa. Katta xonada shunchaki oʻzi sokinlikni saqlagan xolda oʻtirishini oshxonada boshlangan janjal ovozi buzmagunicha qiz yomgʻir ovozidan mayuslikka choʻmgandi. Qiz bilardi. Hozir oshxonaga borsa uni nima qilishlarini. Yoʻq. U shunchaki quloqlariga quloqchinlarini joylab, xonada boshqa xonadan kelgan ovozdan tashqari oʻz jim-jitligini saqlab sokin va mayus qoʻshigʻini qoʻydi va qoʻshiq ovozini eng soʻngi nuqtasiga balandlatdi. Koshki u oʻzi haqida eshitilayotgan achchiq yolgʻonlarni shu musiqa notalari orqali eshitmasa. Boʻhtonlarga toʻla soʻzlar quloqlarida ortsa ortigʻi bordir, biroq kamaymaydi. Qizga allaqachon bular hech narsa anglatmay qolgan, lekin u ham inson, uning ham qalbi bor. Deraza tokchasiga qoʻllarini ustma-ust qoʻyib qoʻllariga toʻlqinsimon sochlari ostidan koʻrinib turgan yuzini koʻmdi. Lekin biroz ham shu xolda qololmay, tanasidagi ogʻriqlardan boshini koʻtarib yuzini burushtirdi. Bir necha hafta oldin otasining jahldan qizini koʻkargudek qilib urgan tanasi aʼzoyi badani titrayotgandek ogʻriqdan azoblanardi. Va kechagi ovqatlanishdan soʻng onasining baland ovozda oʻshqirish bilan unga otgan shisha grafini qizning beliga kelib singandi. Qanday qilib u bularni unutdi? Yoʻq. Aksincha unga bu ogʻriqlari kor qilmaydi. Qalb ogʻrigʻi turganda tanasidagi ogʻriqlar hech narsa emas! Yelka suyaklari qontalash boʻlib, kimdir suyaklarini rohat bilan sindirayotgandek ogʻriq tuysada u bularga chidaydi. Oyoqlari ostida ming bora shisha sindirib unda yurdirishga majburlasalar ham chidaydi. Beliga va qovurgʻalariga 100 kgdan tosh ortib qoʻyishsa ham u chidaydi. Tanasining biror joyida koʻkarmagan ogʻrimagan joyi yoʻq uning. Lekin u bularning barchasiga chidaydi. Hech bir malham ogʻriqlarga kor qilmaydi. Hech biri davolay olmaydi. Bu ogʻriqlar yillar davomida kuchayib boradi, xolos. Soʻngida qizning ogʻriqlari uni oʻlimigacha olib kelmasligidan biroz choʻchiydi. Chunki u hech qanday ogʻriqsiz oʻlishni istaydi. Esini taniganidan beri ogʻriqlari bilan birga yashagani uchun ogʻriqsiz oʻlishni hohlaydi. Derazaga tomgan yomgʻir tomchilariga qarab shularni oʻylar ekan, koʻzlariga qalqib kelgan yosh yanoqlariga tommasligi uchun shiftga qarab gardanini ortga tortgancha chuqur nafas oldi. Yana derazaga qaradi. Unga oʻzgacha mayuslik bergan manzaraga toʻymasidan oshxona eshigi ochildi va u oʻtirgan xona tomon qadam tovushlari yaqinlashdi. Qiz oʻrnidan turdi va hozir boʻladigan ishlarga uni qoʻshishlarini istamay tezda xonasiga kirib ketishni istadi. Biroq imkonsiz ishni oʻylagan ekan. Xonadan chiqishi bilan unga tushurilgan tarsaki zarbidan polga yiqildi. Qizning yuzi olov boʻlib yona boshladi. Polga kuch bilan yiqilganidan biroz harakatsiz yotib tura olmadi ham. Lekin bu uni urgan otasiga bahona boʻlolmay qizning sochlaridan tortib yana oʻrnidan turgʻizdirdi. Bir qoʻli bilan qizning yanoqlariga barmoqlarini botirib, uyub yuborgudek qildi va baland ovozda xona uzra baqirdi.
–YANA MAKTABDAN PAST BAHO OLDINGMI!?
Shunday dedi va ikkinchi qoʻli bilan qizargan yanogʻiga yana bir marta tarsaki tushurdi. Qiz birinchisidan koʻra ikkinchisining zarbi yomonroq boʻlgani uchun allaqachon holsizlanib polga oyoqlari yiqildi. Ota ikkita tarsakidan ham tinchimadi soʻzsiz qizni qiynab yana turgʻizdirdi va uchinchi tarsakini ham ayamadi. Qiz esa erkak kishining naq uchta tarsaki zarbiga chidagani uchun poldan biroz quyi solingan boshini koʻtara olmay, yelkalarini bazoʻr koʻtarib, oyoqlarini tanasi ostiga olgancha oʻtirib zoʻrgʻa nafas ola boshladi. Otasi bilmaydi-ki, qizida astma kasalligi bilan birga oʻpka saratoni borligini. Qizining nafas ololmayotganidan qiziqmadi ham lekin Jivu bor kuchi bilan oʻrnidan turib otasining qarshisiga turib oldi. Endi yolgʻiz otasi emas, balki onasi ham uning qarshisida gʻazab bilan turardi.
–Seni otang ikkimiz oʻqitish dardidamiz sen esa bizga noloyiqlik qilyapsan! Sen aslida umuman hayotimizda boʻlmasliging kerak edi! Bizga hech qachon mos boʻlmagansan! Sen shunchaki hayotda yashashi kerak boʻlmagan bir ahmoqsan boshqa hech narsa emas! Eshityapsan allaqachon oʻlib ketishing kerak edi, yoʻq sen esa bizni xonadonimizni vayron qilib hali ham yashayapsan!
Qiziq... Oʻzi Jivu bu hayotda bir insondek yashaganmi hech!? Beshavqat hayotdan oʻlimini soʻrab, yolvorib, yigʻlab chiqqan kechalarida u insonlardek yashaganmi? Gʻazabini, haqiqiy tabassumi va his-tuygʻularini yashirib achchiq,jilmayishni yuzida paydo qilgan vaqtlarida rostmanakasiga insonlardek yashaganmi hech? Jismi-joni, ruhi ogʻriqdan qiynalganida inson deb ayta olarmidi biror kishi uni? Qalbida tubsizlik boʻlib qolgan boʻshliqqa mehr-muhabbat kerak boʻlgan onda ham u insonlardek yashaganmi oʻzi? Yoʻq. Aslo. Uning koʻksidan nafasini yulqib olayotgan beshavqat hayot uni yashashiga majbur qilgan, xolos. U hech qachon insonlardek yashamagan. Insonlar boshqacha yashashadi. Jivu boshqacha yashaydi. Jivuga shunchaki boʻshliq, hissizlik, yolgʻizlik va taqdiriga bitilgan oʻlimni kutib yashash berilgan, xolos. Lekin bir paytlar u ham quvnoq, barchaga mehr ulashuvchi, ajoyib va hayotdan baxtli qiz edi. Biroq taqdir undan barchasini ayirdi. Insonlarga mehr ulashsa unga butun dunyo yomonliklari keladi, baxtdan quvonsa baxtini tortib olib yakson qilishadi.
–Qachondir menga mehr berganmisiz? Meni yaxshi koʻrmaysiz ham. Sizlarning mehringizga, ishonchingizga loyiq boʻlish uchun oʻz ustimda ishlab bedor oʻtgan tunlarimni bilmaysiz ham! Siz badani zirqirab ketganda ham doʻpposlagan odam men edim... Tanam shunchalar kuchsiz edi-ki toʻxtashingizni yolvorib soʻraganimda ham doʻpposlashda davom etdingiz! Menga mehr bermaganingizga yarasha, muhabbatimni ham tatimadingiz! Men sizlarga ham bu hayotga ham loyiq emas ekanman, meni oʻldiring... Ortiq hech narsani istamayman, bilaman oʻlimim yaqin! Shunchaki meni qarzga nafas olayotgan hayotimdan yoʻq qiling!
Jivu chiday olmadi va qalbidagi bor soʻzlarni yarmini ayta oldi.
–Anavi sevgiling bilan birga oʻlishni istadingmi? Unga qoʻshilib oʻlib ketsang ham menga baribir koʻzim koʻrmasin seni!
–Afsus...
Qiz bir bor mayus jilmaydi va xonani tark etdi. Xonadan ogʻir qadam bilan chiqar ekan, Jivu ortiq bu xonaga qaytmaydi. Hattoki ota-onasini koʻrmaydi ham. Sababi uning hayoti bugun tugashiga ishonadi. Hech qanday soyobonsiz, qalin kiyimsiz, oppoq tizzasidan biroz tushadigan bejirim koʻylakda quloqchinlari va telefonini olgancha yalangoyoq koʻchaga chiqib ketdi. Uydan chiqib ketar ekan, uyi yonidagi sakura daraxti barglaridan mayin sirpanib Jivuning yanoqlariga uning ko'zyoshlari bilan birga oqib tushayotgandi, goʻyo. U qo'llarini mushtlab olgancha, unsiz ko'z yoshlari toʻkila boshladi. Bir paytlar mana shu daraxt ostida mayin maysalar ustiga yotgancha iliq taft bilan Jivuning qoʻllaridan tutgan yigit shirin jilmaygancha qizga shunday degan edi:"-Senga mehr bilan qaraganlarninggina ko'zlari chiroyli".
Qizning hayotida baxtsiz xotiralar koʻp, lekin eng goʻzallari ham yoʻq emas. Juda kam ammo unga shuning oʻzi ham yetadi. Kichik hayotidagi eng yorqin xotiralari faqat biri bilangina bogʻlangan. Unga mehr-muhabbat, yoqimli tabbasum bergan yigit uni bir on hayotga qaytargandek edi, lekin hayot Jivuning kulgulariga jo boʻlgan baxtini hayotda qolishiga loyiq koʻrmadi. Uning hali ham esida. Aynan mana shunday yomgʻirli kun edi. Kech tushgan vaqtda Jivu yana janjallar bilan oilasini tark etishni istagandi. Koʻchaga chiqishi bilan soyabonsiz shalabbo boʻlsa ham tabbasum bilan turgan yigitni koʻrgandi. Qiz shunchaki koʻzlarida yosh bilan turardi. Yeonjun Jivuni shunchaki yoshga toʻla koʻzlari va tarsaki zarbidan qizarishi ketmagan yanoqlarini koʻrib qalbi ogʻridi. Bu ikki qalb bir-birini shunchalar sevardi-ki ,taqdirning jazosi bilan bir-biridan ayrilishdi. Qizdan yigitni ayrgan beshafqat taqdir emas, oʻlim edi. Bilishsa edi, bu ularning oʻsha kechadagi birinchi va ohirgi boʻsasi ekanligini... Ikki tana bir-biriga jinpslashar ekan, yomgʻirdan kiyimlari jiqqa hoʻl boʻlgani uchun ikkisining ham tanalari koʻzga yaqqol koʻrinardi. Lablar qalb ogʻrigʻidan bir-biriga boʻsa hadiya etsa, ularga hamohang harakatlanib, yordam berayotgan yomgʻir namlantirib, oʻzgacha hislarni paydo etayotgandi. Iyaklaridan tomayotgan yomgʻir tomchilari ham ehtirosli darajada bilinardi. Qizning yuzi sovuq yomgʻirdanmi yoki biroz avval tushurilgan tarsaki zarbidanmi qizarib qolganligi bilinardi. Oʻsha kecha ular soʻngi bor uchrashishgandi.
Uyidan ancha uzoqlashgan qiz teskari tomonga burilgancha yuzlarini yuvishga tayyor yoshlarini ko'zlarini yumish orqali yashirishga urindi. Yomgʻir uning qalbidagi ogʻriqli nuqtalarini ham yomgʻir orqali yuvishini iltijo qilardi.
Unga haliyam kulgulariga jo mehr tafti bilan tabbasum qilgancha Yeonjun qarab turgandek, goʻyo.
Chidab boʻlmas dard ogʻriqni his qilib yashash, oʻlikdan battar holga kelish va eng muhimi u bilan oʻtkazgan damlarni har soniyasini unutmaslik uchun qadrlab yashash u bilan qoʻshilib oʻlging keladi, lekin tirik murdasan oldingda boʻlishini istaysan, lekin hech biri imkonsiz... Bir bor uni bagʻringga bosging keladi, dard-u hasratdan yonayotgan yuraging shunchalar ogʻriq beradi-ki, oʻzingga oʻlim tilaysan! Chidab boʻlmas ayriliq azobi seni qiynaydi, lekin sen shunda ham uni sevaverasan va tirik murdaga aylanasan... Soʻngida qalbing usizlikdan alanga oladi. Yeonjun oʻlganida aynan Jivu mana shu dardlardan azob chekkandi va u hozirgacha davom etmoqda. Qarzga nafas olayotganini biladi va oʻz ajalini kutib yashaydi. Chunki u oʻlishini biladi. Shunchalik daraja yigʻladi-ki koʻz yoshlari boʻgʻziga tiqilib qolgudek koʻz yosh toʻkdi. Oyoqlari titrab, yengil yugurishdan toʻxtadi. Kuchi qolmadi. Nafas ola olmay yerga yiqilib tushishiga oz qolardi, lekin u shunda ham yurishdan toʻxtamadi. Odamlar bilan toʻla katta yoʻlga yetib olar ekan, qorin boʻshligʻini ushlab nafas ololmay yerga tizzalab qoldi. Saraton kasalligi va astma oʻz taʼsirini koʻrsatishini bilardi. Shuning uchun taqdiriga oʻzini qoʻyib berdi va yengil nafas olib ohirgi bor hayotga raxmat aytishni istadi.
–Sevganim uchun afsuslanmayman...)So'zlari yoqimli, bog'iq va achinarli chiqdi qizning.
Koʻzlari yumular ekan, soʻngi nafasi va ruhi, koʻz yosh toʻkayotgan yomgʻir qora bulut bilan toʻlgan somolarga yeldek uchirdi.
The End...
Men ayni vaqtda sizlarga xayrlashuv maktubini yozishni istadim. Ikki dona "Men kanaldan ketayapman" soʻzini aytish men uchun maʼnosiz edi. Menda qariyb bir yillik kanaldagi xotiralar bor, men atigi shu maʼnosiz "Hayr"soʻzidan koʻra haqiqiy xayrlashuv maktubi boʻlishini istadim.
Bilishingizni istardim, xolos. Men har bir toʻqima hikoyam-u, asarlarimni asl ma'nosi bu baxt, mehr-muhabbatni qadriga yetish haqidagi ma'noni ochib berishi uchun ularni yaratdim va yozdim. Balki mening asarlarim hattoki oʻzim ham yoqmasman lekin sizga faqat bir narsani aytmoqchiman: yozuvchilik bu shunchaki kasb emas, siz insonlar his qilgan ogʻriqni his qila olishinggiz va buni koʻrsata olishinggiz kerak boʻlgan mashaqqatli ishdir! Oʻz ustingizda ishlaysiz odamlarga asarlariningiz yoqishiga harakat qilasiz. Bu ham bir mashaqqatli ish! Mayli. Men hozir bular haqida gapirmoqchi emasman. Sizga eng soʻngi iqtiboslarimni aytmoqchiman. Tepada oʻqiganlarningiz ayni haqiqat va bular meni hayotim. Oddiy hikoya emas! Ko Jivuning hayoti!
Bu dunyoni oʻzingiz nafratlanadigan dunyoga aylantirmang!
Chin qalbimdan minnatdorlik bildiradigan odamlarim koʻp bulardan biri Mire onniyim. Mire onni eng ajoyib va mehribon onni, qaysi creator boʻlmasin men Mire onnini eng zoʻri deya bilaman. Qattiqqoʻldir lekin mehribonchilikda Mire onnidan oʻtadigani yoʻq. Va Mire onni sizga raxmat aytaman. Minnatdorman Cute girls oilasiga qoʻshganingiz uchun raxmat. Men u yerda sizga qoʻshilib dur-u marvaridlardanda qimmatliroq insonlarni topdim. Moviy farishtalarni eng ajoyibi Minhi onni, Moviy farishtaginam koʻnglida kiri yoʻq Shunashiim, Yorqin pushti farishtaginam sevimligim Yonaginam, Pushti farishtalarimi eng quvnoqi va eng goʻzali Giyonim, meni marjonam, olamga alishmaydigan qadrdonim MinJeonginam shulardan boshqa hech kimni oʻzimga yaqin koʻrmadim. Haqiqiy yaqinlarim boʻldi deya inkorsiz ayta olaman. Agar oʻqiyotgan boʻlsalaringiz sizlarga raxmat menga ozmi-koʻpmi yordamingiz tegdi. Durdona asarlarim kimdir oʻqisa kerak degan umiddaman. Oʻqimasa ham muhim emas, men ularga ogʻriqlarimni chiqara olganimdan hursandman. Agar qaysidir obunachiga yoqib qolsa meni hursandchilikdan boshqa hech narsa quvontira olmaydi. Sizlar bilan Ko Jivu, Ko Mivon yokida Naomi Arizava San boʻldi, xayrlashuv maktubimni oʻqiganingiz uchun raxmat! Minnatdorman...
Inson hayoti juda oddiy. Biz hammamiz og'riqni boshdan kechiramiz, barchamiz umidlarga egamiz, hammamiz umid qilamiz va barchamizni qo'rquv va o'tkazib yuborilgan imkoniyatlar ta'qib qiladi.
Author•|Ko Jivu
Channel•|@Fanfiction_Diary