Afsonaviy muhabbat tarixi.

Afsonaviy muhabbat tarixi.


Venera va Adinos


Piter Pol Rubens

"Venera va Adinos" 1630-yil.

Xo'sh Venera kim o'zi?

Adonis bilan qanday aloqasi bor?

Venera haqida yuqorida ma'lumot berib o'tgan edik.


Adonis-yunon mifologiyasida go'zallik va istak xudosi.Adonis Mirra va Kipr xudosi Siniraning o'g'li. Mirra Kipr qiroli Sinira va Kenxreysning qizi.

Mirra otasiga oshiq edi.

Xo'sh nega ?

Mirraning onasi Kenxreys, qizi Mirra Afroditadan ham go'zalroq ekanligi bilan maqtanib, halokatli xatoga yo'l qo'ygan edi. Bu ma'budaga bir oz yoqmadi, shuning uchun u Kenxreysni qizini eng dahshatli tarzda jazo berishga va undan qutulish uchun Mirrani la'natlaydi ya'nikim qizini otasiga oshiq qilib la'natlab qo'yadi .

Mirra otasiga oshiq bo'ladi va bu uchun o'zini ham la'natlagan(bu bir afsona).Bu ishi uchun Mirra o'z joniga qasd qilmoqchi bo'ladi ammo o‘z joniga qasd qilishga shaylanayotganida xonaga uning yordamchisi kirib, uni to‘xtatadi. Keyin Mirra yordamchisiga o'zining g'ayritabiiy sevgisi haqida gapirib beradi.O'zini o'ldirmaslikga va'da bersa yordamchisi unga yordam berishini aytadi,Mirra rozi bo'ladi.

Kiprdagi bayramlarda Sinira turmush qurgan ayollariga to'qqiz kun davomida erlarini ko'rishga ruxsat berilmagan. Sinira bu kunlarda o'zi yolg'oz xonada qolgan, chunki uning qonuniy rafiqasi ham bayramlarda qatnashgan.Mirraning yordamchisi bunday imkoniyatdan foydalanadi. U Siniraning oldiga borib, uni chin dildan sevadigan ayol haqida gapirib,Mirrani soxta ism bilan tanishtiradi. Qirol qizning necha yoshda ekanligini so'raganida:

Yordamchisi:"Mirra bilan bir xil", deb javob beradi.Sinira rozi bo'ladi.

Bu ish bir necha kun davom etadi,Sinira sevgilisining kimligini bilish uchun,chiroqni olib, qizining yuziga tutadi.Chiroq ostida Mirra turganini ko'rib,g'azablanib o'ldirish niyatida darrov qilichiga qo‘l uzatadi. Biroq, Mirra yugurib chiqib qochib ketadi.Mirraning qaytib o'z yurtiga kelishi,ta'qiqlanib abadiy surgun qilinadi.

To'qqiz oy davomida u surgunda yashab, Arabiston yarim orolidagi Sabaiya shahriga yetib borguncha sayohat qiladi.

Mirra gunohining oqibatlaridan qutulish uchun minglab kilometrlarni bosib o'tib xudolardan rahm-shafqat so'raydi,shunda xudolar uni " Mirra "daraxtga aylantirib qo'yishadi. Mirra daraxtga aylangan holda farzandini dunyoga keltiradi- u Adonis edi.

ADONIS VA VENERA SEVGISI.

Manbalarda keltirilishicha Venera(Afrotida)Cupidni o'payotganida o'q uning qalqonidan sirg'alib chiqib, Veneraning ko'kragini jarohatlaydi. Ma'lumki, Cupidning o'qlari odamlarni sevish kuchiga ega edi va xudolar bundan mustasno emas edi. U o'q bilan urilganda, Venera Adonisni ko'rib qoladi va shu vaqtdan boshlab u unga telbalarcha oshiq bo'ladi.

Biroz vaqtdan so'ng Afrotida Mirraning farzandi ekanligini bilib,Adonisni himoya qilish va uni tarbiyalash uchun Persefonni (yer osti malikasi)tayinlaydi.Adonis hayratlanarli darajada go'zal yigitga aylandi va bu Persefonni ham oshiq bo'lishiga sabab bo'ladi. Persefon Adonisni sevib qolganligi uchun Afroditaga topshirishdan bosh tortadi.

Natijada, Adonis yilning uchdan bir qismini har bir ma'buda bilan, uchdan bir qismini esa xohlagan kishi bilan o'tkazar edi; u uchdan ikki qismini Afrodita bilan o'tkazishni tanladi. Shu tariqa fasllar ketma-ketligi paydo bo'lagan ekan. Adonis va Afrodita o'rmonda baxtli er-xotin bo'lib, ikki farzandi dunyoga keltirishadi.

ADONISNING O'LIMI.

Adonis ajoyib ovchi edi. Bu esa o'z navbatida Artemida (ovchilik ma'budasi)ni tashvishga soladi.

Shunday qilib, Artemida Adonisni o'ldirish uchun yovvoyi cho'chqa yuboradi, oxir-oqibat Adonisni ov paytida o'ldiradi.

Afsonaning boshqa versiyasiga ko'ra, cho'chqani Ares yuborgan, chunki u Afroditaning sevgilisi edi. Adonis Afroditaning qo'lida jon beradi. Afrotida Adonisning qoni rangidagi gul yaratadi. Bu gul ANEMON edi.Afrodita sevgilisining o'limiga motam tutayotganda ko'z yoshlari va Adonisning qonidan anemonlar unib chiqgan ekan.

Anemon guli


Qanchalik haqiqat bu afsona bilmadi-mu lekin fasllar almashinishi,xudolar o'rtasida raqobat ancha oldin ham bo'lgan ekan bu ma'lumotlar xamir uchidan bir patir.Sizlarga qisqa va hikoya tarzda yetkazib berishga harakat qildim....

Piter Pol Rubens yaratgan kartinada esa buni yaqqol ko'rishingiz mumkin.












Report Page