Afg’on urushining faxriy insonlari bilan uchrashuv

Afg’on urushining faxriy insonlari bilan uchrashuv

TKTI Shahrisabz filiali matbuot xizmati

Joriy yilning 6-may sanasida Toshkent-kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filiali faollar zalida “9-may - Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan, II Jahon urushining front ortida hizmat qilgan va Afg’on urushining faxriy insonlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. 

Undan ko’zlangan maqsad, bugungi tinchligimizni qadriga yetish, talabalarning Vatanga bo’lgan muhabbatini yanada oshirishdan iborat edi.

Uchrashuvda Qashqadaryo viloyat jangchi-faxriylar uyushmasi raisi Nasriddin Chorshanbiyev, Qarshi shahar veteranlar uyushmasi raisi Valeriy Lyovin, Qarshi tuman musiqa maktabi o’qituvchisi, jangchi-faxriy Xamrayev Nodir, O’zbekkino milliy agentligi viloyat birlashmasi o’rinbosari, jangchi-faxriy Jo’rayev Erkin, Kitob tuman uyushmasi raisi, jangchi-faxriy Baxtiyor Bobomurodov, Kitob tumani soliq qo’mitasi xodimi, jangchi-faxriy Qahramon Ro’ziyev, hozirgi kunda tadbirkor  jangchi-faxriylar Ro’ziyev Abdumalik hamda Norqobilov Shavkat, filial direktori prof. Sh.A.Mutalov, filial professor-o’qituvchilari, talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirni filial direktori Sh.A.Mutalov ochib berdi. 

. Faxriylar urush davridagi ko’plab qiyinchiliklarni, xalqimizning ko’rsatgan buyuk jasoratini yana bir bor yodga olishdi, vatanimiz, qolaversa xalqimiz tinchligi uchun jon fido qilgan shahid insonlar jasorati haqida talabalarga so’zlab berishdi. Talabalarni bugungi dorulamon, tinch va osoyishta hayotimizni qadriga yetib, kuchli bilim olib, Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qilishga chorlashdi.

Suhbat ochiq muloqot va savol-javob shaklida qiziqarli ruhda o’tdi. 


Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va faxriylar tomonidan yaxshi savol egalariga esdalik sovg’alari topshirildi.

Jangchi-faxriy N.Xamrayevning Moskva shahridagi musiqiy chiqishlaridan video lavhalar namoyish etildi.

Tadbir so’nggida talabalarga “musiqiy topishmoq” havola etildi. Unda yetuk bastakor va xonanda Botir Zokirov ijodiga mansub kuy-qo’shiqlar zukko talabalarimiz tomonidan juda aniq va tezkorlikda javoblari topildi.

Uchrashuv yakunida filialimiz direktori prof. Sh.A.Mutalov hamda tadbir tashkilotchisi kimyo fani assistant-o’qituvchisi Mohichehra Haqnazarovaga  Qashqadaryo viloyat jangchi-faxriylar uyushmasi raisi tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.



Report Page