Adolat qaror topdi
Har bir yosh oila qurib, yangi hayotga qadam qoʻyar ekan, avvalo, baxtli va farovon hayot kechirishni istaydi. Biroq, quruq istakning oʻzigina yetarli emas. Sababi, oilada hayot bir tekisda ketmaydi. Tinch va totuv, baxtiyorlikda hayot ke-chirish er va xotindan sabr-qanoatli boʻlishni, ahillikni talab qiladi. Ba'zi bir oilalarda esa, arzimagan gap-soʻzlaru kelish-movchiliklar munosabatlarni yemirishi, hayotini boshi berk koʻchaga kiritib qoʻyishi mumkin.
Ta'lim tizimida 27 yil halol mehnat qilib, rahbarlik lavozimigacha koʻtarilgan Rayxona Karimova nohaqlik tufayli jazoga tortilib, tashvishli sinovlarni boshdan kechirdi. Unga jinoyat ishlari boʻyicha Kosonsoy tuman sudining 2024-yil 14-fevraldagi hukmiga koʻra, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 1 yil 6 oy muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish, ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan edi
Oqlov hukmidan keyin R. Karimovaga yetkazilgan zarar qoplandi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Kosonsoy tuman sudining 2026-yil 21-yanvardagi ajrimi bilan davlat budjetidan 101 million 246 ming 81 soʻm mulkiy ziyon
hamda fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudining 2026-yil 6-fevraldagi hal qiluv qarori bilan 40 million soʻm ma'naviy zarar undirildi.
R. Karimovaning apellyatsiya shikoyatiga asosan Namangan viloyat sudi jinoyat ishlari sudlov hay'ati apellyatsiya instansiyasining 2024-yil 26-iyundagi ajrimiga koʻra, qilmish 207-moddaning birinchi qismiga qayta kvalifikatsiya qilinib, jazo yengillashtirildi. Afsuski, ushbu qaror ham taftish bosqichida oʻzgarishsiz qoldirildi.
Ikki yilga yaqin davom etgan sarson-sargardonlik, tergov va sud eshiklari oʻrtasida adolat istab oʻtgan ogʻir kunlardan soʻng, haqiqat qaror topdi. Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay'ati taftish instansiyasining 2025-yil 21-noyabrdagi hukmi bilan quyi instansiya sudlarining qarorlari bekor qilinib, R. Karimovaning harakatlarida jinoyat tarkibi yoʻqligi aniqlandi. U toʻliq oqlandi.
Biroq inson uchun hayotda eng muhim narsa - uning qadr-qimmati, obroʻsi va jamiyatda topgan oʻrni, albatta. Shu sabab ham u oʻz haq-huquqini oxirigacha himoya qilish uchun sud orqali ishga tiklashni soʻrab, Kosonsoy tuman adliya boʻlimidan huquqiy yordam soʻrab murojaat qildi.
Adliya boʻlimining fuqaro R. Karimova manfaatini koʻzlab javobgar - Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga nisbatan fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudiga kiritgan da'vo arizasi koʻrib chiqildi. Sud da'voni toʻliq qanoatlantirdi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 5-iyuldagi buyrugi bekor qilindi. R. Karimova oʻz vazifasiga - boʻlim boshligʻi lavozimiga tiklandi.