“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi jamoasi orasidan 2023-yilning iyul oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi jamoasi orasidan 2023-yilning iyul oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.


Unga ko‘ra, Markazning Normativ-huquqiy hujjatlarga texnik ishlov berish boʻlimi bosh maslahatchisi Pardayeva Nilufar Fayzullayevna “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Nilufar Fayzullayevna 1979-yilda Jizzax viloyati Zomin tumanida tugʻilgan, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi boʻyicha huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazining Normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish boʻlimi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 

Hozirgi vaqtda Markazning Normativ-huquqiy hujjatlarga texnik ishlov berish boʻlimi bosh maslahatchisi lavozimida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Nilufar Fayzullayevna oʻzi faoliyat koʻrsatuvchi tarkibiy boʻlinmaning zimmasiga yuklatilgan tegishli vazifa hamda funksiyalardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz) tizimi orqali mamlakatimizda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy nashr etilishini, ularning turkumlashtirilgan hisobini va nazorat nusxalarini elektron shaklda yuritilishini ta’minlash, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari vakillarini va aholining keng qatlamini Lexuz tizimidan foydalanishga o‘rgatish bo‘yicha o‘quv-seminarlarini tashkil etish, normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va qoidalarini jamoatchilikka tushuntirishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbirlarida faol ishtirok etmoqda.

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi jamoasi Nilufar Fayzullayevnani ushbu eʼtirof bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.



Report Page