Adobe Captivate dasturi bilan tanishish.

Adobe Captivate dasturi bilan tanishish.

Izzat Umarov

Xozirgi vaqtda IT sohasi keskin sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda. Shu bilan birgalikda kompyuter qurilmalari va unga ya`ni kompyuter qurilmalariga ko`plab yangidan-yangi, keng imkoniyatli, har tomonlama qulay dasturiy vositalar ishlab chiqarilishi ham rivojlanmoqda.

        XX asrning 80-chi yillarida kompyuterlarning keng tarqalishi ta'lim sohasida nafaqat yangi texnikaviy, balki didaktik imkoniyatlarni ham yaratdi. Kompyuterlarning asosiy afzalliklari ularning yaqinlashuvchanligi, muloqotning oddiyligi va albatta, grafikaviy imkoniyatlaridir. O'quv kompyuter tizimlarida grafikaviy illyustratsiyalarni qo'llash faqat ta'lim oluvchilarga axborotni uzatish tezligini oshirish va uni tushunish intensivligini oshirish imkoniyatini berib qolmasdan, balki ularda intuitsiya, sezgirlik, obrazli fikrlash kabi qobiliyatlarini rivojlantiradi. Xotira hajmi katta bo'lgan elektron vositalar va global telekommunikatsion muhitlarning paydo bo'lishi o'z ichida gipermatnli, multi va gipermedia texnologiyalarni, virtual tizimlarni qo'llaydigan o'quv dasturli vositalarni yaratishga olib keldi. Bunday tizimlardan foydalanish lazerli kompakt disklarda elektron dasturlar, ma'lumotnomalar, kitoblar va boshqa manbalarni ko'plab odatlashtirish imkoniyatini yaratdi.

         O'zbekiston respublikasi Oliy majlis IX sessiyasida 29 avgust 1997 yila Islom Abdug’aniyevich Karimov, o'quv adabiyotlarini yaratish borasida shunday degan: «Xammamizga ma'lumki ta'lim darslikdan boshlanadi. Barcha soxalardagi darsliklar bugungi va ertangi kun talablariga javob bermaydi. Bu achchiq xaqiqatni tan olishimiz kerak.

Elektron o'quv adabiyotlarining amaliyotda qo'llanilishi e'tiborga olinganda elektron darsliklar quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi kuzatilmoqda:

- o'rganilayotgan materialni an'anaviy o'quv adabiyotlariga nisbatan induktiv yondashish, eshitish va emotsional xotiralarga ta'sir qilish yo'llari bilan yetkazish orqali tushunishni yengillashtiradi;

-ta'lim oluvchilarning ehtiyojiga, tayyorgarlik darajasiga, intellektual imkoniyatlariga moslashtiriladi;

- o'quv predmetining mohiyatiga diqqatni jalb etgan holda ko'p sondagi ma'lumotlarni va topshiriqlarni qarab chiqish va ko'proq amaliy masalalar yechishga imkon yaratgan holda murakkab hisoblashlar va almashtirishlardan xalos etadi; 


Report Page