Adliya vazirligining xodimlari “Boshqaruv va funksional tahlil” mavzusida oʻquv seminarda ishtirok etishmoqda

Adliya vazirligining xodimlari “Boshqaruv va funksional tahlil” mavzusida oʻquv seminarda ishtirok etishmoqda

@adliyangiliklari

Adliya vazirligining bir qator masʼul xodimlari “Boshqaruv va funksional tahlil” mavzusida London Learning Training Centre (Turkiya) markazida funksional tahlil boʻyicha sertifikatga ega boʻlgan murabbiylarni tayyorlash maqsadida oʻquv seminarda ishtirok etishmoqda. Treningdan ko'zlangan asosiy maqsad funksional tahlil boʻyicha davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish va kelgusida boshqa xodimlarga oʻz bilimlarini ulashadigan mutaxassislar guruhini shakllantirishdan iborat.

Mazkur trening davomida ishtirokchilar funksional tahlil konsepsiyasini va metodologiyasini ishlab chiqish, 

tashkilot strategiyasi, funksiyalarini ishlab chiqish va tashkilot vazifalarini quyi boʻgʻinlarga oʻtkazish (detsentralizatsiya)ni taklif etishni hamda funksional tahlil tavsiyalarini bajarish boʻyicha harakatlar rejalarini tayyorlash kabi mavzularni koʻrib chiqishadi.

Shuningdek, kelgusida ishtirokchilar Adliya vazirligi va boshqa vazirlik va idoralar xodimlari uchun treninglar tashkil etish hamda tashkilot va idoralarning funksional tahlilini amalga oshirishda zarur boʻladigan koʻnikma va amaliyotlarni oʻrganishmoqda.

Adliya vazirligi

Jamoatchilikl bilan aloqalar boʻlimi

Report Page