Adliya vazirligi faoliyati bilan tanishuv – kelgusidagi ishlar istiqbolida muhim qadam

Adliya vazirligi faoliyati bilan tanishuv – kelgusidagi ishlar istiqbolida muhim qadam

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

Bugun Namangan viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshliqlari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari va yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlari Adliya vazirligi ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. 

Tizim xodimlari vazirlik ish faoliyati, xususan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish, “Call center” va vazirlik markaziy apparti boshqarmalari ish faoliyati bilan tanishdi hamda vazirlik tarixi aks etgan “Adliya muzeyi”ga sayohat qilishdi.

Shuningdek, vazirlik xodimlari tomonidan yuridik xizmat markazlari faoliyatini tashkil etish va “E-huquqshunos” elektron tizimida ishlash tartibi, norma ijodkorligida “E-qaror” elektron tizimining oʻrni, qonunchilik hujjatlariga takliflar berish va statistik hisobotlar yuritishdagi “Virtual.adliya.uz” elektron tizimining yangi imkoniyatlari yuzasidan amaliy seminar-trening oʻtkazildi.

Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

Report Page