Adliya vaziri va Ruminiyaning Oʻzbekistondagi elchisi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Adliya vaziri va Ruminiyaning Oʻzbekistondagi elchisi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Joriy yilning 19-yanvar kuni Adliya vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov hamda Ruminiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi D. Chobanu oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv boshida adliya vaziri R. Davletov Ruminiya elchisini tayinlov bilan tabriklab, keyingi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Uchrashuv davomida Ruminiya elchisi vazirlik tizimi, vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari bilan, shuningdek, huquqiy sohada soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi rejalar bilan tanishtirildi.

Ruminiya elchisi D. Chobanu Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan inson manfaatlarini taʼminlash va davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi oʻzgarishlarni yuqori baholab, ikki mamlakat adliya organlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda hamda vazirlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashda koʻmakdosh boʻlishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv soʻngida tomonlar oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishib oldilar.

 Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Report Page