Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev davlatobodliklar uchun “Sayyor qabul” oʻtkazdi.

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev davlatobodliklar uchun “Sayyor qabul” oʻtkazdi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev ishtirokidagi qabulda Davlatobod tumani aholisining muammolariga quloq tutildi.

Sayyor qabulda fuqarolarni qiynayotgan asosiy masalalar kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, moddiy yordam, sogʻlomlashtirish maskanlariga yoʻllanma olish, subsidiya asosida tikuv mashinasi olish hamda oilaviy munosabatlar bilan bogʻliq masalalarga qonuniy yechim izlandi.

Shu kuni 40 nafardan ziyod fuqaro qabul qilinib, ularning 30 dan ortiq masaladagi murojaati tinglandi. Qabul qilingan fuqarolarning 12 ta murojaati joyida huquqiy tushuntirish va maʼlumot berish orqali hal etildi, 13 ta masaladagi murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.

Jumladan, bepul davolanishga order soʻrab kelgan 12 nafar fuqarolarga joyida order berilishi taʼminlandi. Masalan, Orzu MFY, 2-Yangi bogʻ koʻchasida yashovchi fuqaroning qandli diabet kasalligi sababli davolanishga order soʻrab qilgan murojaati joyida hal etildi.

Shuningdek, “Irvadon” mahallasida yashovchi fuqaroning subsidiya asosida tikuv mashinasi berishni soʻrab qilgan murojaati hal etilib, zamonaviy tikuv mashinasi berildi.

Shu bilan birga, 8 nafar fuqaroning murojaati oʻrganish talab etganligi sababli tuman adliya boʻlimi ish yurituviga olindi. Jumladan, fuqaro M.Rahmonova koʻp yillik staji uchun ustama haqi toʻlanmayotgani haqidagi murojaati boʻlim tomonidan ish yurituvga olindi.

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, ularning muammolarini bartaraf qilish qilish adliya organlarining oʻz oldiga qoʻygan birinchi galdagi maqsadlaridan biridir. Zero, inson qadr topayotgan yurtda aholining murojaatlarini qonuniy tartibda koʻrib chiqish orqali ularning muammo va masalalarini hal etilishi odamlarni bugunidan rozi, ertangi kuniga boʻlgan ishonchini yanada ortishiga zamin yaratadi.


Report Page