Adliya vaziri R. Davletov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Sh. Adrian va BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili M. Dimovska bilan uchrashdi
@adliyangiliklariJoriy yilning 5-may kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletovning Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv avvalida R. Davletov Adliya vazirligi tizimidagi o‘zgarishlar hamda vazirlik tomonidan olib borilayotgan islohotlar, kelajakdagi rejalar bilan o‘rtoqlashdi.
Tomonlar davlat xizmatlarini ko‘rsatish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohalarida hamda Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida huquq ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha amaldagi loyihalar doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqining 2021-2027-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston uchun Ko‘p yillik indikativ dasturi doirasida davlat xizmatlari, yuridik xizmatlarni ko‘rsatish, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish sohalarini raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi