Adliya vaziri BMTTDning Korrupsiya va davlat boshqaruvi masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan uchrashdi

Adliya vaziri BMTTDning Korrupsiya va davlat boshqaruvi masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan uchrashdi

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi

Joriy yilning 19 noyabr kuni Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov hamda BMTTDning Korrupsiya va davlat boshqaruvi masalalari bo‘yicha maslahatchisi X. Xarutyunyan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda adliya vaziri R. Davletov BMTTDning Korrupsiya va davlat boshqaruvi masalalari bo‘yicha maslahatchisini mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, ushbu sohada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirdi.

BMTTDning Korrupsiya va davlat boshqaruvi masalalari bo‘yicha maslahatchisi X. Xarutyunyan O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida so‘nggi to‘rt yilda amalga oshirilgan islohotlarni yuqori baholab, ularni yangi bosqichga olib chiqishga hamda bu borada hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat boshqaruvi sohalarini yanada isloh qilishda yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar.

Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi

Report Page