Adliya tizimi xodimi “Muqaddas Anna” ordeni bilan mukofotlandi
Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiAdliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi “Inson va qonun” gazetasi bosh muharriri, taniqli o‘zbek adibi va dramaturg Norqobil Qo‘chqor Rossiya Davlat Dumasi Jamoatchilik palatasi hamda Rossiya Xalqaro yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Muqaddas Anna” (“Svyataya Anna”) ordeni bilan taqdirlandi.
Bugun, adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov tomonidan mazkur mukofot o‘z egasiga topshirdi.
Ushbu mukofot Qo‘chqor Norqobilning Rossiya Federatsiyasida chop etilgan “Ko‘zlaringni ko‘rgani keldim”, “Qordagi lola” hamda qator turkum asarlari uchun lozim ko‘rildi.
Ma'lumki, adibning umuminsoniy g‘oyalar yuksak badiiy mahorat bilan ilgari surilgan asarlarida sevgi-muhabbat mavzusi, milliy qadriyatlar, oddiy odamlar xarakteri yorqin tasvirlangani bilan o‘quvchi diqqatini tortadi.
Ayniqsa, uning urush fojialari ichida ham insoniy tuyg‘ular ulug‘langan kitoblari hozirgi kunda Yevropa davlatlarida ham chop etila boshlagani quvonarli hol.
Adliya vazirligi jamoasi adib Qo‘chqor Norqobilni ushbu mukofot bilan taqdirlangani bilan qutlab, kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaydi.
Ma'lumot uchun: Ushbu mukofot adabiyot sohasida san'at va madaniyatni faol targ‘ib qilgan, xalqlar o‘rtasida adabiy aloqalar rivojida munosib hissa qo‘shayotgan ijodkorlarga taqdim etiladi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi