“Adliya kuni” tadbiri doirasida Uychi tumanida “Sayyor qabul” oʻtkazildi. Unda, 1135 nafar fuqaroning huquqiy muammosiga quloq tutildi.

“Adliya kuni” tadbiri doirasida Uychi tumanida “Sayyor qabul” oʻtkazildi. Unda, 1135 nafar fuqaroning huquqiy muammosiga quloq tutildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, Namangan viloyati adliya boshqarmasi, viloyat FHDY arxivi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Uychi tumani “Madaniyat markazi"da “Sayyor qabul” oʻtkazildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Mazkur sayyor qabul oʻtkazilishidan avval, Namangan FHDY arxivi xodimlari tomonidan Uychi tumanidagi mahallalarda soʻrovnoma oʻtkazildi. Unga koʻra, huquqiy muammolari koʻp, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarida kamchiligi bor fuqarolar aniqlanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan “Adliya kuni” tadbiri doirasida Sayyor qabul tashkil etildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Mazkur tadbirda, Adliya vazirligi boshqarma boshlig'i, Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi, Uychi tumani hokimi, Kadastr boʻlimi, Uychi tuman adliya boʻlimi, viloyat Pensiya jamgʻarmasi masʼullari, tuman Pensiya boʻlimi, Ijtimoiy himoya boʻlimi masʼullari ishtirok etdilar. Sayyor qabulda, jami 1 135 ta fuqaro ishtirok etib, shulardan 729 tasini murojaati ijobiy hal qilindi va muammo kamchiliklari o'sh joyning oʻzida bartaraf etildi. Shuningdek, 500 nafardan ortiq fuqaroga huquqiy tushunchalar berildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

 Pensiya jamgʻarmalari, Ijtimoiy himoya boʻlimi tomonidan 101ta holatda fuqarolarning yoshga doir pensiya, boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi, moddiy yordam, kam taʼminlangan oilalar uchun bola puli olishda hujjatlaridagi noaniqliklar bartaraf etildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

 Uychi tumani adliya boʻlimi tomonidan 12 ta murojaat hal etilgan boʻlsa, 20 ta murojaat boʻlim ish yurituvga olindi.  Namangan viloyat FHDY arxivi tomonidan 717 ta holatda fuqarolarning shaxsga doir boʻlgan maʼlumotlari tugʻilish, nikoh, oʻlim, nikohdan ajralganlik, familiya ism oʻzgartirish, yolgʻiz ona, otalik dalolatnoma yozuvlaridagi noaniqliklar va kamchiliklar bartaraf etildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

 Fuqarolarning tugʻilganlik, nikoh, nikohdan ajralganlik va oʻlim dalolatnoma yozuvlariga JSHSHIR biriktirildi. Vafot etgan fuqarolarning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga vafot etganlik, nikoh dalolatnoma yozuviga er yoki ayol vafot etgan boʻlsa, nikoh tugatilganligi, shuningdek fuqarolar nikohdan ajralgan boʻlsa, sud qarori yoki ajrim guvohnomasiga asosan nikoh bekor boʻlgan belgisi qoʻyildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

 Fuqarolarni farzandlarining tugʻilish dalolatnoma yozuvlarida ota yoki ona JSHSHIR birikmagan boʻlsa, joyning oʻzida biriktirilib, oila tarkibi shakllantirildi. Shuningdek vafot etgan farzandlari boʻlsa, vafot guvohnomasi kiritilib, vafot etganlik belgisi qoʻyildi. Vafot etgan oila aʼzosiga o'lim guvohnomasi olinmagan boʻlsa, fuqarolarga o'lim guvohnomasini muddati oʻtgan tartibda olish boʻyicha huquqiy tushunchalar berildi. Dalolatnoma yozuvlaridagi imlo xatolar arxiv fondi kitoblariga solishtirib, mavjud kamchiliklar bartaraf etildi. 75 ta murojaatchining shaxsga doir maʼlumotlaridagi xato va kamchiliklarni qoʻshimcha oʻrganib, tekshirish uchun FHDY arxivi ish yurituviga olindi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

 Sayyor qabul davomida Uychi tumanidagi “Beruniy” va “Hurriyat” mahallalarida uyma-uy yurib, aholining murojaatlarini oʻrganish davomida 47 ta xonadon fuqarolari bilan suhbatlashilib, ularining hujjatlarida bir qator xato va noaniqliklar aniqlandi.

Jumladan, Fuqaro G.Xning Kadastr hujjatlarini oʻtkazishda muammoga uchraganligi aniqlandi. Sabab uning ikki nafar vafot etgan farzandining raqamlashtirish tizimida vafot etganligi belgisi qoʻyilmaganligi natijasida hujjatlarini farzandining nomiga oʻtkaza olmagan. Arxiv baza tizimida vafot etgan farzandlari tirik turgan. Vafot etgan farzandlarining tugʻilishiga vafot etganlik belgisi qoʻyilib, muammo joyning oʻzida bartaraf etildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Moddiy yordam olishda qiynalayotgan fuqaro X.Ning oila tarkibini raqamlashtirish tizimi orqali tekshirish jarayonida kiritilmagan nikoh dalolatnoma yozuvi elektron bazaga kiritildi va turmush oʻrtogʻi vafot etganligi sababli, nikoh tugatilganligi belgisi qoʻyildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Shuningdek, ijtimoiy himoya boʻlimiga murojaat qilgan, biroq, arizasi rad etilgan fuqaro S.Dning oila tarkibi tekshirilganda, ikki marta qonuniy nikohdan oʻtgan boʻlib, birinchi nikohida ajrim guvohnomasi mavjud, ammo nikoh dalolatnoma yozuviga nikoh bekor boʻlganlik belgisi qoʻyilmaganligi sababli, FHDY arxiv bazasidagi dalolatnoma yozuviga birinchi nikohdan ajralganlik belgisi qoʻyildi, muammo joyning oʻzida bartaraf etilib, ijtimoiy himoya boʻlimiga yoʻnaltirildi.


Report Page