Adliya koʻmagida tadbirkorga yetkazib berilgan mahsulotlar va bajarilgan ishlar uchun to‘lovlar undirib berildi.
Uchtepa tumani adliya bo‘limiga tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritayotgan “A” MCHJ tomonidan tumanda joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga quyosh fotoelektr stansiya (uskuna)si o‘rnatib berilganligini, biroq shu kunga qadar bajarilgan ishlar uchun to‘lovlar amalga oshirilmayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu masalada amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qildi.
“A” MCHJ o‘z murojaatida Uchtepa tumanida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 2024-yil fevral oyida quyosh fotoelektr stansiya (uskuna)si o‘rnatib berilganligini, biroq shu kunga qadar bajarilgan ishlar uchun to‘lovlar amalga oshirilmayotganligi bildirgan.
Adliya bo‘limi tomonidan murojaat o‘rganilganda, tadbirkorlik subyekti tomonidan o‘rnatib berilgan quyosh fotoelektr stansiya (uskuna)si uchun 440 000 000 so‘m miqdoridagi to‘lovlar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Tadbirkor manfaatida yetkazib berilgan mahsulotlar va bajarilgan ishlar uchun to‘lovlar undirish to‘g‘risida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kirirtildi.
Natijada, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining tadbirkorlik subyekti foydasiga o‘rnatib berilgan quyosh fotoelektr stansiya (uskuna)si uchun 440 000 000 so‘m miqdoridagi to‘lovlarni undirish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilindi.
Uchtepa tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi
O.Jumamurodov