Adliya aralashuvi bilan xodimlarga 7 150 580 so‘m xizmat safari pullari to‘lab berildi
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 26-sentabr kunidan
22-oktabr kuniga qadar Samarqand veterinariya meditsinasi institutida 27 kun xizmat safarida bo‘lgan Jarqo‘rg‘on tuman hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi xodimlari B.Rasulov va 4 nafar boshqa hamkasblarining xizmat safarida bo‘lgan vaqti uchun safar harajatlari to‘lab berilmaganligi haqidagi murojaati o‘rganib chiqilib, natijalariga ko‘ra tuman adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan mazkur xodimlarga jami bo‘lib, 7 150 580 so‘m midoridagi xizmat safari pullari joriy yilning 24-noyabr kuni to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.