Adliya aralashuvi bilan 78 nafar pedagog xodimni 41 million so’mga yaqin yo’l haqqi undirib berildi.

Adliya aralashuvi bilan 78 nafar pedagog xodimni 41 million so’mga yaqin yo’l haqqi undirib berildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Yangi Namangan tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi 60-son umumiy oʻrta taʻlim maktabi oʻqituvchisi Sh.Tadjibayevaning uyda yakka tartibda taʻlim olayotgan oʻquvchi bolalarni uyida oʻqitganlik uchun oylik yoʻl kompensatsiyasi toʻlab berilmaganligidan norozi boʻlib yoʻllagan shikoyati oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish jarayonida murojaatchi haqiqatda Yangi Namangan tumani 60-umumiy oʻrta taʻlim maktabi direktorining 2020-yil 1-noyabrdagi 126-sonli buyrugʻiga muvofiq 2020-yil 1-noyabrdan 2020 – 2021-oʻquv yili davomida, 2021-yil 2-oktabrdagi 118-sonli buyrugʻiga muvofiq 2021-yil 20-sentabrdan 2021 – 2022-oʻquv yili davomida, 2022-yil 7-oktabrdagi 58-6-222-DUM/2022-sonli buyrugʻiga muvofiq 2022-yil 2-oktabrdan 2022 – 2023-oʻquv yili davomida, 2023-yil 3-oktabrdagi 183-6-222-DUM/2023-sonli buyrugʻiga muvofiq 2023-yil 12-sentabrdan 2023 – 2024-oʻquv yili davomida Abdullayeva Fotima Zaxro Raxmatillo qiziga 1 – 4-sinflarda uyda yakka tartibda taʻlim berish uchun biriktirilganligi, biroq Tadjibayeva Shaxzodaga uyda yakka tartibda taʻlim berganlik uchun yoʻl haqi kompensatsiyasi toʻlanmay kelinayotganligi maʼlum boʻldi.

Bu kabi holatlar Yangi Namangan tuman maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi tizimidagi boshqa maktablarda ham takrorlanganligi aniqlandi.

Jumladan, tuman adliya boʻlimi hamda tuman moliya boʻlimi xamkorligida oʻtkazilgan oʻrganish jarayonida Yangi Namangan tuman maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi tizimidagi 12 maktabda jami 29 nafar oʻquvchiga taʼlim berayotgan 78 nafar pedagog xodimlarga oʻqituvchilarga 2022 – 2023-oʻquv yili davomida 40 500 000 soʻm miqdorida yoʻl haqi kompensatsiyasi toʻlanishi lozim boʻlsada, xozirgi kunga qadar toʻlab berilmaganligi maʼlum boʻldi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan "Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarga uyda yakka tartibda taʻlim berish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizomning 33-bandiga koʻra, oʻquvchiga taʻlim berayotgan oʻqituvchilarga belgilangan tartibda qoʻshimcha haq va yoʻl haqi kompensatsiyasi toʻlanadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʻlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2013-yil 28-yanvardagi 5-SP, 3, 10-son qarori bilan tasdiqlangan “Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogiron bolalarni uyida oʻqitganlik uchun umumtaʻlim maktablarining oʻqituvchilariga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 3-bandiga muvofiq, kompensatsiyani tayinlash maktab oʻqituvchilariga maktabdan oʻqitilayotgan oʻquvchining yashash joyigacha kamida 1,5 kilometr masofa boʻlganda uyda oʻqitilayotgan bir nafar oʻquvchi uchun eng kam oylik ish haqi (yaʻni bazaviy hisoblash miqdori)ning 100 foizi miqdorida amalga oshiriladi.

Bir nafar uyda oʻqitilayotganga biriktirilgan bir nechta oʻqituvchilarga kompensatsiya ularning har oyda amalda oʻtkazadigan oʻquv soatlari ulushidan kelib chiqqan holda uyda oʻqitilayotganlarning oʻquv rejasidagi oʻquv soatlarining umumiy miqdoriga mutanosib ravishda belgilanadi.

Bunda, har maktab oʻqituvchisi uchun kompensatsiyaning umumiy miqdori eng kam oylik ish haqi (yaʻni bazaviy hisoblash miqdori)ning 100 foizidan oshmasligi lozim.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Boʻlim tomonidan Yangi Namangan tuman maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimiga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan kiritilgan taqdimnomaga asosan, 60-son umumiy oʻrta taʻlim maktabi oʻqituvchisi Sh.Tadjibayevaga 4.706.500 soʻm miqdorida , tuman miqyosida 78 nafar pedagog xodimlarga 40 500 000 soʻm miqdorida yoʻl haqi kompensatsiyasi toʻlanishi taʼminlandi.

 

Murodilla Abdurahimov, Yangi Namangan tumani adliya boʻlimi boshligʻi         


Report Page