#Adliya_aralashgach davlat xizmatchisiga qo‘yilgan asossiz jarima bekor qilindi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi
Zafarobod tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan monitoring davomida ayrim nazorat qiluvchi organlar tomonidan normativ hujjatlar noto‘g‘ri qo‘llanilganligi natijasida fuqarolar va mansabdor shaxslarga nisbatan asossiz ma’muriy jarima qo‘llash holatlari kuzatildi.
Misol uchun, tuman Davlat yong‘in nazorati bo‘limining 31.05.2022 yildagi qaroriga asosan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinika hamshirasi Sh.Qo‘chqorova MJtKning 211-moddasi 1-qismi bilan huquqbuzar deb topilib, unga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Murojaatni ko‘rib chiqish davomida unga nisbatan asossiz ma’muriy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilinganligi sababli, huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Natijada jinoyat ishlari bo‘yicha Zafarobod tuman sudining adolatli qarori bilan hamshira Sh.Qo‘chqorovaga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jarima qo‘llash haqidagi qaror bekor qilindi.
Xuddi shunday, Sh.Rashidov tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi Davlat mehnat huquqi inspektori tomonidan 21.01.2022 yilda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori A.Nazarovaga nisbatan MJtKning 49-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.
Biroq, A.Nazarovaga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llashda qonunchilik noto‘g‘ri talqin qilinganligi, u tomonidan qonuniy majburiyat bajarilganligiga qaramasdan asossiz ma’muriy jarima qo‘llanilganligi aniqlanib, bildirilgan taklifga asosan qaror bekor qilinishi ta’minlandi.