Adliya_aralashgach

Adliya_aralashgach


Mirishkorda 6 nafar Veternariya xodimiga jami 39 960 000 so'm to'lab berildi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 dekabrdagi 963-son qaroriga 2-ilova bilan tasdiqlangan Nizomning 14-bandiga asosan Mirishkor tuman veterinariya va сhorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yo‘l transporti uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari hamda xodimlarning tushlik ovqatlanishi xarajatlariga ko‘maklashish uchun qo'shimcha pul to'lab kelinishi kerak edi. 2022-yilning o’tgan davri davomida tuman bo’limining 6 nafar boshqaruv xodimlariga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jami 39 960 000 so’m to‘lovlar amalga oshirilmaganligi aniqlanib, adliya bo'limi tomonidan kiritilgan taqdimnoma asosan bo’limning 6 nafar boshqaruv xodimlariga jami 39 960 000 so’m to‘lovlar to'lab berilishi ta'minlandi.


Mirishkor tuman adliya bo'limi



Report Page