#Adliya_aralashgach

#Adliya_aralashgach


Huquqiy yordam natijasi: talaba grant asosida o‘qishini davom ettiradi


Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosida oliy ta’lim muassasasining davolash ishi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan fuqaro J.B.ning o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish masalasi yuzasidan murojaati viloyat adliya boshqarmasida o‘rganildi.


Vakolatli davlat organining tegishli ko‘rsatma xatiga asosan fuqaro J.B.ning o‘qishini tibbiyot yo‘nalishidagi boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish tavsiya etilgan, biroq qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasi tomonidan davlat granti asosida o‘qishni davom ettirish uchun bo‘sh grant o‘rinlari mavjud emasligi sabab qilib ko‘rsatilib, fuqaroga ta’limni to‘lov-kontrakt asosida davom ettirish tavsiya qilingan.


Adliya organlari tomonidan holat huquqiy jihatdan o‘rganilib, fuqaro J.B.ning nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosida tahsil olayotgani hamda uning qonuniy manfaatlari himoya qilinishi lozimligi yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.


Natijada qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasiga taqdimnoma kiritilib, fuqaro J.B.ning o‘qishini davlat granti asosida ko‘chirishi va ta’limni grant asosida davom ettirishi ta’minlandi.



Report Page