Adliya “Navoiy yo‘l ko‘kalam” unitar korxonasini sudda yutdi.

Adliya “Navoiy yo‘l ko‘kalam” unitar korxonasini sudda yutdi.



"Shunday zamonda yashayapmizki, agar burun bo‘lmasa, ikki ko‘z bir birini kovlab uyib qo‘yishi tayin". Mazkur xalq ta’birida hikmat ko‘p. Bu jumlani kim, qachon aytgani noma’lum bo‘lsada, lekin shu kunlardagi ayrim holatlar uchun ayni muddaoda aytilgan. Avvaliga odamlarning lafzsizligi oqibati biri-birini aldaganini kuzatdik. Keyin tadbirkorlar bir-birlarining katta mablag‘larini aldov yo‘li bilan o‘zlashtirganini eshitdik. Endi bo‘lsa, bu xunuk oqibatlarni yirik tashkilotlar misolida uchratayapmiz. 

Qiziltepa tumani “QIZILTEPA COTTON TRANS” ma’suliyati cheklangan jamiyati hududdagi “Navoiy yo‘l ko‘kalam” unitar korxonasining buyurtmasiga asosan pudrat ishlarini amalga oshirish uchun 1milliard so‘m atrofida pul sarflaydi. Shartnoma sharti esa hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish uchun sug‘orish tizimini o‘rnatishdan iborat. Hazilakam gap emas, hududdagi ko‘kalamzorlarga obi hayot yetkazish. Qiziltepa tuman markazining yo‘l atrofidagi gulzorlarning ko‘zni quvnatib, chiroy berishida shu korxonaning hissasi beqiyos. Biroq, nima sababdan “Navoiy yo‘l ko‘kalam” unitar korxonasi qilingan mehnatga haq to‘lamagan, buni adliya ish yurituviga olingan murojaat tufayli amalga oshirilgan xizmat tekshiruv sabab aniqlandi.

Qiziltepa tumani adliya bo‘limi “QIZILTEPA COTTON TRANS” ma’suliyati cheklangan jamiyat manfaatiga “Navoiy yo‘l ko‘kalam” unitar korxonasiga nisbatan Karmana tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritdi. Sud boshlandi. Biroq, negadir “Navoiy yo‘l ko‘kalam” unitar korxonasi mutasaddilari sud ishida ishtirok ham etmadi. Sud esa adliya da’vosini qanoatlantirdi. Sud qarori kuchga kirdi, korxonaga qariyb bir milliard so‘m to‘lab berilishi ta’minlandi. Biroq, “QIZILTEPA COTTON TRANS” ma’suliyati cheklangan jamiyati o‘z mablag‘larini undirish uchun sud qarorlarini majburiy ijro etuvchi huquq idorasiga yuzlanishiga to‘g‘ri keladi. 

Abduvali Asadov

Qiziltepa tumani adliya bo‘limi boshlig‘i

Report Page