Adliya “Angidon”da

Adliya “Angidon”da

@adliyangiliklari

“Angidon” Navoiy viloyatining olis hududlaridan biri. Xatirchi tumaniga qarashli bu maskan shahar markazidan qariiyib 300 km uzoqlikda joylashgan. Yerli xalq uni tabiati jihatdan ikkinchi Shvetsariyaga qiyoslaydi. Bu yerning daraxtlari buloq suvidan to‘yingan. Aholi asosan chorva va dehqonchilik bilan band. Mahalla binosi va tog‘lar orasida joylashgan 49-umumta’lim maktabi aholi jam bo‘lishi mumkin maskanlardan biridir. Bu yerda adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limi vakillari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Aytib o‘tish kerak bugungi kunda Angidonda 2000 dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Oilalar soni 500ga yaqin. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar 45 nafar. Sayyor qabul ana shu ro‘yxatdagi fuqarolar masalalari bilan tanishishdan boshlandi.

Har kimning masalasi o‘ziga xos. Kimdir uy-joy dardida, kimdir salomatligini tiklash, yana birov moddiy yordam-u, huquqiy ko‘mak olish istagi bilan qabulga kelgan. Bundan tashqari yo‘l ta’miri,internet tarmog‘i faoliyati,aliment undiruvi, ish stajini tiklash, tadbirkorlik sub'ekti ochish va mehnat munosabatlariga oid masalalar ham qabul davomida diqqat markazida bo‘ldi. Muloqotda fuqarolarning 20dan murojaatlar qabul qilindi.


Report Page