“Adiblar xiyoboni” tashkil topganiga ikki yil bo‘ldi.

“Adiblar xiyoboni” tashkil topganiga ikki yil bo‘ldi.

@TDAU_news


“Adiblar xiyoboni” tashkil topganiga ikki yil bo‘ldi.

"Adiblar xiyoboni"ga borgan kishi tabiat go‘zalligidan ilhom olib qaytishi shubhasiz. Bu mo‘jaz bog‘ga tashrif buyurgan har bir inson birinchi navbatda adabiyotimiz rivojiga hissa qo‘shgan siymolarning haykallarini tomosha qilib, o‘yga toladi. Davlatimiz rahbarining taklif va tavsiyalariga ko‘ra, ushbu maskan oliy ta’lim muassasalarining talaba yoshlari hamda professor-o‘qituvchilari uchun madaniyat va san’at mavzuida fikr-mulohaza yuritish borasidagi amaliy mashg’ulotlar uchun ma’rifat go’shasiga aylandi. 20 may kuni "Adiblar xiyoboni"ni tashkil topganiga ikki yil bo‘ldi. Bu go‘sha shu ikki yil ichida chinakam ma’noda ma’naviyat maskaniga aylandi. Shu munosabati bilan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshchiligida universiyet jamoasi ushbu maskanga tashrif buyurdi. Shuningdek, tadbir tashkil etildi, tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i D.Mustafaqulov ochib berdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari nomzodi dosent S.Xolmirzayeva O‘zbekiston kaxramoni, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston halq yozuvchisi To‘lepbergen Kaipbergenovning ibratli hayot yo‘li va ijodi to‘g’risida ma’ruza qildi. Tadbirga tashrif buyurgan mexmonlar, Qoroqalpog’iston halq yozuvchisi O‘.Abduraxmanov, kitobsevar vatandoshlari A.Nizamiddinova hamda M.Sinelniqov, A.Primovlar o‘zlarini iliq fikr-muloxazalari bilan barchani xushnud etdi. Iqtidorli talaba-yoshlarimiz tomonidan namoyish etilgan saxna ko‘rinishlari tadbirga o‘zgacha shukux bag‘ishladi.

🔰TDAU Rasmiy kanaliga a'zo bo'ling va universitet yangiliklaridan eng birinchi xabardor bo'ling: @TDAU_news

Report Page