Adamant_2

Adamant_2

Luna
O'zgarish

5-qism

#Adamant_2


Pov avtor..

Shifoxona yo'lagida Yuna va Jungkook taxlik natijalarini kutish bikan band ekan.. Ochikgan xona eshiklaridan hamshira boshjni suqib Jeonlar oilasi degan chaqirig'idan so'ng xona tomon shishilishdi..

-Jeon xonim va Janob.  Bu taxlil natijalari) Yuna qo'liga qog'ozlari olib birma bir o'qir ekan.. Yonida turgan Jungkookni qo'llaridan tutdi qo'lidagi qo'gozni u tomon uzatdi.. Yigit ayolining porlab turgan nigohidagi alam va iztirobni ko'rib tabbasumini yoqitgancha natijalarga ko'z yugurtira boshladi..


Yuna


-Bu qanaqasi.. Uyda test o'tkazib ko'rganimizda xomilador deb ko'rsatgan edi) Jungkook asabiylashgancha qo'lidagi qo'gozlarni stol ustiga otib yubordi..Xonaning boshqa tomonida esa Yuna faqatgina qarshisida osilgan chaqaloqning suratigadan ko'zini uzmagancha hissiz shaxdek joyidan jilmas edi..

-Fanda buni soxta homiladorlik deb nomlashadi. Ayolingiz tunu kun homilador bo'lish haqida o'ylagan va ong shunga nisabatan xoniladorlik alomatlarini uyg'otgan. Janob Jeon faqat qizishmang.. Ikkingiz ham sog'lomsiz. Farzandli bo'la olasiz) aytilgan oxirgi so'zlar ikki qalb va ualrning egalarini ham nigohini shifokor tomon ko'chirdi

-Lekin) ayol og'ir nafas olgancha Jungkook va Yunaga nigohini tashlab gapni boshladi

-Lekin boshqa boshqa insonlardan farzandli bo'la olasiz.. Bir biringizga mos kelmaysiz deb bir so'z bilan ayta olaman. Bir biringizni qo'llab quvvatlay olmaysiz farzandli bo'lish borasida. Afsusdaman..) Shifokorning har bir gapi Yuna va Jungkookningnongida qayta qayta aks etar ekan.. Qiz sekin va ohista qadamlar bilan biroz qiyalik bilan ochilib turgan eshikga qlaturgan qo'llarini uzatib o'izni tashqariga otdi.. Shifoxona yo'laklari bo'ylab telba kabi yurib ketar ekan faqatgina yuzini yuzgan yosh tomchilaridan boshqa hech nimani his qilmas edi.. Yo'lidan chiqan insonlarni jismonan ko'r inson kabi urilgancha shifoxonadan chiqib xayoli tortgan yo'l tomon yurib keta boshladi..

Yigit esa Shifoxona yo'lagida joylashgan o'rindiqda o'tirgancha kelajakdagi hayoti va barbod bo'lish ostonasida turgan baxtini o'ylagancha qo'llari orasida boshini suqib o'tirishdan boshqa ish qila olmas edi.


*


Pov avtor


Yigit qo'llarida sho'rva to'la idishni tutgancha qizga ichishiga ko'malashish bilan bir vaqtda qizning dorilarning achiqligidan burishib qolgan yuzini tomosha qilish bilan band edi..

-Boshqa icholmayman) qiz qo'liga tutqazilgan dorilarni stol ustiga qo'ygancha Kai tomon qaradi

-Luna bu oxirgisi shuni ich keyin shifokor tekshiruvidan yaxshi o'tsang uyga ketamiz. Charlie ham seni so'gingan.. ) Yigit horg'in ko'zlarni va osilgan qovoqlar bilan tabbasum qilar ekan deyarli uyqusiz tuni.boshidan o'tqazgani sezilib turardi..

-Yaxshi) qiz siropning oxirgi tomchisigaxha simirgancha ichib qo'ydi.

-Bu boshqa gap) Kai Lunaning sochlaridan silab qiz tomon egildiyu lekin o'pishga o'zida jurat topolmay ortga qaytdi

Kai


-Kai.. Uyga borib biroz dam ol. Keyin axvolim ancha yaxshi) Luna Kaining deyarli osti qorayib qolgan ko'zlariga qarab gapirdi

-Axvolim seniki oldida ancha yaxshi, menga achinishinga arzimayman) Kai tabbasum qilgancha gapirar ekan ko'zlaridan yaqol afsuslanish alomati sezilib turardi.

-Kai bu birinchi bor emas. Qo'rqishgan xojat yoq afsuslanishga ham)Luna qo'lidagi sochiqni o'ynagancha gapirar edi

-kechir bu birinchi bor emasligi uchun ham. Senga ozor berganim uchun ham, xoxishlaringa qarshi ish qilganim uchun ham) Yigit ham Luna kabi kaftlarini bir biriga qovushtirib gapirar edi


-Kai buni unitishni xoxlayman. Shunchaki dam olmoqchiman.. ) Qiz Kaiga teskari tomonga burilgancha yuzlarini yuvisjga tayyor yoshlarini ko'zlarini yumish orqali yashirishga urindi. Kai Lunani biroz muddat kuzatib turib so'ngra qizni xonada yolg'iz qoldirdi


*


Pov avtor


Deyarli barcha darslar tugab talabalar xonalarni tark etib o'qish xovlisidan chiqib keta boshlar ekan.. Melisa xonada unitgan kundaligi yodiga tushib Felix va MinLeeni kutib turishini aytib ortqa qaytdi..


Pov Melisa


Xona tomon ketar ekanman xonada navbatchilik qilayotgan Senaga ko'zim tushdi

-Sena shu yerda kundalikka ko'zing tushmadimi?

-Ha Ustoz Jin olib ketdi

-Jin ursin) Melisa qanday qilib so'kinib yuborganini sezmay qoldi

-Nimadir dedingmi?) Sena stollarni to'girlash bilan birga gapirdi

-Yoq Raxmat) Melisa shoshilgancha xonadan chiqib Jinning xonasi tomon shoshildi. Jin bir paytda talabalarga dars berish bilan birga Universitet direktor o'rinbosari ham ekanligi u uchun alohida va shinam xonani mavjudligini ham anglatar edi..

Melisa xona eshigini taqilatgach bir necha soniya eshitilishi cho'zilgan kiring degan so'zdan so'ng xonaga boshini suqib qaradi..

Deyarli bir ko'rishda insonda jirkanish hissini uyg'otuvchi surkalgan lab bo'yog'i va tepadan pastga ochilik ko'kraklarini bir qismni ko'rsatib turgan kofta unga mutanosib ravishda sochlarini tartibga keltirshga urinayotgan shaxvoniy ayol va o'tirgan o'rnida ham nuqlaylik his qilayotgan Jin Melisani ko'rishi bilan o'zini yoqotib qo'ydi..

Aslida oq kofta kiygan Sofia


-Uzr halaqit bergan ko'rinaman

-Yoq kiraver

-Janob Jin hujjatlarni keyinroq olib ketish uchun kelaman) Sofia so'ng va shaxvoniy harakatini amalga oshiribgncha Jinga qarab turgancha ol koftasini qadab xonadan chiqib ketdi.

-Marhamat o'tir

Melisa


-Bunga hojat yoq. Kundaligimni sizda deb aytishdi) Melisaning gapidan so'ng Jin tortmadan kichik kundalikni olib qiz tomon uzatdi

-Bu holat sen o'ylagandek emas

-Bu meni qiziqtirmaydi) Qiz kundalik tomon qo'lini uzatar eakn Jin kundalikni biroz orqaga tortdi

-Melisa menga nisabatan hech nimani his qilmaysanmi?

-Jin meni yoki sizning hislaringiz hech nimani hal qilmaydi

-Ustozing bo'lganim uchun shu fikrdamisan

-Sizdan qo'rqaman. Tan olish kerak kelishgan va mehribonsiz. Shu bilan birga har qanday ayolni bir deganda qo'ynigizga joylay olasiz. Hozirgi holat munosabatlarimiz boshlangandan so'ng sodir bo'lishidan qo'rqaman

-Bunga yo'l qo'ymayman.

-bunga amin emasman..) Qiz yigitning qo'lidagi kundalikni olib xonadan chiqib ketdi


*


Yigit mashina bagajiga suyanib o'tirgancha ulkan sanat va madaniyat Universitetiga kirib ketgan qizni deyarli bir soatdan buyon kutar ekan.  Ora orqada qo'lidagi qo'l soatga qarab botayotgan quyosh nurlariga ham qarab qo'yishni unitmayotgan edi.. Universitet binosidan MinLee hovliqancha yugurib kutilmaganda o'zini Felixni bag'riga otdi.. Bu holatdan Felix faqat qo'llarini havoda mualaqt qoldi. Felix bag'rida turgan qizni na quchoqlashni na quchoqlamaslikni bila olmay qolgan edi.

Minlee Felixni quchog'idan chiqancha faqatgina uddaladim deb baqirar edi xolos

Minlee


-Nimani uddalading

- bir oy davomida Americadan kelgan mashxur rassomning rasm chizish darslariga qatnashaman oyning oxirida esa belashuvda kuchlik uchtalikka kira olsam. Parijdagi rassomlar ko'rgazmasiga o'zimning eng yaxshi suratimni joylashim mumkin bo'ladi.) Qiz quvonganidan qanday qilib yigitning kaftidan tutib turganini ham unitib yuborgan edi.. Faqatgina Felixgina qizning qaynoq kafti va haroratini yoqotib qo'yishdan qo'rqib tutib turardi..

-Felix sen uyga ketushing mumkin faqat mashinani qoldirib ket) qiz yigitning qo'llaridan kaftini olib  mashinaning ruli tomon yurdi

-Bunday qilolmayman

-Nega ekan) Minlee hayron qolgancha Felixga yuzlandi

-Janob Jimin doim sizga ko'z quloq bolishimni tayinlaganlar shuning uchun..

-Bugunchalik shart emas

-Minlee unday qilolmayman

-Jin ursin seni. Qachongacha seni ortimdan dumga o'xshab ergatirib yuraman.

-....) Felix qizning achiq va haqoratli gaplarini eshitsada hech bir so'z deya olmadi.

-Ufff kechir qizishib ketdim. Bir shart bilan faqat. Qayerga borganimizni Jiminga aytmaysan..

-Kelishdik) Felix o'ylab o'tirmay hop deganiga bir necha soniyaga bormay afsuslandi


*


Pov avtor


Jimin qo'rg'onning ulkan eshiklaridan mashinasi bilan ichkariga kirar ekan. Mashina qarshisidan chiqib qolgan qizaloq sababli mashina sekin harakatlanayotganiga qaramay kuch bilan tormizni bosib mashinadan otilib tushdi

-Axvoling yaxshimi? Qo'rqib ketmadingmi? ) Jimin Charliening oyoq qo'llarini ko'zdan kechirar ekan qizaloq faqatgina nimadirni qidirayotgandek atrofga alanlar edi holos

-Nima qilyapsan buyerda. Qani yura qol) Jimin Charlieni ko'targancha yurar ekan Charlie tushishni xoxlayman degancha har hasha qila boshladi

Jimin


-Omma! Omma! Ommamni yoniga borishni xoxlayman..) Jimin Charlieni bag'rida tutib turishga harakat qilar ekan Charliening tipirchilashlaridan so'ng qizni bag'ridan chiqarishga majbur bo'ldi..Charlie yerga tushgan zahoti mashina tomon borib o'ynalar orqali ichkariga qaray boshladi

-Omma!) Kichik qizaloq ko'ylakchasini etagini ushlagancha omma deya yig'lar ekan Jimin qizchani qo'llaridan tutib o'ziga qaratdi

-U yaqinda keladi. Sen yig'lasang kelmasligini aytdi. Faqat yig'lama hopmi?) Charlie navbatdagi chiqishga tayyor turgan ko'z yoshlarini kichik kaftchasi bilan artgancha boshini hop degandek silkib qo'ydi..

Yig'lavoti fq Charlie


-Endi uyga kiramiz. Birga ovqatlanamiz. Senga nima yoqadi shirinlik yeyishni xoxlaysanmi? ) Jimin qizaloqni bag'riga ko'targamcha uy tomon yurar ekan. Charli faqatgina ko'ylagini kichik yengchasi bilan ko'z yoshlarini piqilagancha artib ora oradan Jiminni savolariga ha yoki yoq deb boshini qimirlatar edi..



Davomi bor...

(Fikr kemasa ff yoq. 50+ odam fikr yozgandn keyin davomni tashimn)


#Luna

@saturn_fanfic

Report Page