Адабиёт ва саньат гулшанлари

Адабиёт ва саньат гулшанлари

Samarkand & Самарканд

Yusupova To’ti 1936 yil 10 03 Samarqandda tug'ilgan. O’zbekiston xalq artisti (1994). Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan (1957). 1957 yildan hoz. O’zbekiston milliy akademik drama teatri aktrisasi. Hafiza (A.Qahhor, «Shohi so’zana»), Sonya (A.Chexov, «Vanya tog’a»), Qorasoch (Uyg’un, «Shubha»), Hojar (A.Qahhor, «Tobutdan tovush»), Nuri (Oybek, «Qutlug’ qon»), Ona (E' Robles, «O’limdan kuchli»), Xonzoda (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Shafaq (M. Karim, «Oy tutilgan tunda»), Rahima (O’. Umarbekov, «Komissiya»), Sotti (S.Ahmad, «Kelinlar qo’zg’oloni»), Fotima, Zebi (O’.Umarbekov, «Shoshma quyosh», «Qiyomat qarz»), Nodira (T.To’la, «Nodira»), Mastura (Hamza, «Paranji sirlari») kabi turli qaqramonlar obrazini yaratdi. Qahramonlari xarakterining ijtimoiy va psixologik jihatlarini chuqur ocha bilish, ularni ruhiy go’zallik va hayotbaxshlilik ruhi bilan ta'minlash, obraz mohiyatini muhit bilan uzviylikda olib borish Yusupova To’ti ijodiga xos. «Qalliq o’yin» (Qizbibi), «Eski zamon hangomalari» (Buvi) kabi filmlarda ham suratga tushgan.

Report Page