Achchiqina Mastava 🥘

Achchiqina Mastava 🥘


Zuhra buvidan achiqqina mastava 🌶😋

▫️ Go’sht 400 gr 🥩

▫️ Yog’ 1 yarim cho’mich

▫️ Dumba 30-50 gr

▫️ 300-400 gr guruch🍚

▫️ Piyoz 3 ta🧅

▫️ Tomat 1osh qoshiq

▫️ Kartoshka 3 ta🥔

▫️ Bulg’or qalampirlari (3xil rang bo’lsa yana ham chiroyli chiqadi🫑

▫️Chesnok🧄

▫️Petrushka , kashnich, rayhon 🌱

▫️Achchiq qalampir ta’bga ko’ra🌶️

▫️Ziravorlardan tuz, zira

Qozonga yog’ solib, qizdirib go’sht va dumbani solib tuz sepib chiroyli qilib qovuramiz so’ng to’g’ralgan piyozni solib tillarang bo’lguncha qovurib olamiz va tomat pastasini solib qovurishda davom etamiz va ketidan sabzi kartoshka, bulg’or qalampiri , to’g’ralgan petrushka, kashnich , chesnok , zira solib qovurib olamiz so’ng 2litr suv solamiz.Qaynab chiqqandan keyin olovni pasaytirib, 1yarim soat davomida qaynatib qo’yamiz.

Bu vaqt mobaynida guruchni pishirib olamiz.

Buning uchun qozonga ozgina yog’ solib yuvilgan guruchimizni solib qovurib olamiz, va guruchimiz qancha bo’lsa shuncha (masalan 1kosa guruchga 1kosa suv) suv solib qaynatib suvini tortgandan keyin 15 daqiqaga dimlab qo’yamiz

Mastavamiz tayyor!

🍃Mastavaga to’g’ralgan rayhon, ko’k piyoz va qatiq solib dasturxonga uzatamiz ☺️

Zuhra_buvi sahifasidan olindi

Kunlik_retseptlar

Report Page