Ayollarimiznin jamiyatdagi orni

Ayollarimiznin jamiyatdagi orni

Noila





Ayollarimizning jamiyatimizdagi o’rni.  

Ayol tushunchasiga berilgan ta’rif bilan albatta tarix ummonlarini varag’lar ekanmiz,bizni ajdodlarimiz bo’lgan beqiyos ayollariga ya’ni To’marisning mardligi,Nodirabegimning go’zalligi Uvaysiyning ijodi va Zulfiyaxonimning jonkuyar fidoiyligi va sadoqatiga  berilgan baho bilan ibrat tuyg’usini his qilishimiz mumkin. Hozirgi kelajagimizning eng muhim belgisi albatta buyuk ajdodlarimizning munosib vorislariga aylanib borayotganligimizdir.Aynan shu o’rinda mamlakatimizda Zulfiyaxonimlar sonining ko’payib brishi va ayollarga bo’lgan e’tiborni yuqoriligini ko’rib ko’zingiz quvonadi.Hozirgi kunda  mamalakatimizdagi  davlat boshqaruvida ayollarning roli dunyo bo’yicha ko’rsatkichi 32%ni tashkil etgan,i hali biz yoshlarning va ayollarning qanchalik katta ishlar kutmoqdaligidan darak beradi.2019-yil 22-dekabrda o’tkazilgan yangi saylov natijalarining 37% ni ayollar tashkil etishi O’zbekiston Respuiblikasi parlamentining  va xalqining mustahkam ishonchi  bilan belgilangan. Mana shunday matonatli, izlanuvchan jamiyatimiz negiziga aylangan ayollardan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senat Raisi Tanzilla Norboeva,  O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o’rinbosari Svetlana Ortiqova,O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agripin Shin kabi insonlarning fidoyi faoliyati biz yoshlarga yangi cho’qqilarni egallash uchun undovchi kuch(mativatsiya)  bo’lib xizmat qilmoqda.

       Joriy yilning ham eng  muhim yangiliklaridan biri  bo’lgan, yurtboshimiz tashabbusi bilan qizlarimiz uchun ajratilgan grantlarning 2 baravar oshirilgani barchaning qalbiga birdek yorug’lik ulashdi.Yuksak ishonch bildirib bizning viloyatimizda ham  ayollar rahbarligida  lavozimlar joriy etilishi ko’zda tutilib,yilning samarali islohotlaridan biri hisoblangan 6ta tuman va shaharga ayol hokimligi, 2020-yil 18-fevral kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tumaniga O’rolova Dilfuza Jumanovnani hokim etib tayinlangani bizning viloyatimiz ayollarining salohiyatini qanchalik kuchli ekanini his etishimiz mumkin.Agar yana aytadigan bo’lsak viloyatimizda  buyuk insonlarning  safi juda keng, bunday insonlardan birgina Xalimaxonim Xudoyberdiyeva timsolining ijodiy faoliyati bilan tanish bo’lmagan inson bo’lmasa kerak.

        Qolaversa ma’naviy, axloqiy muhitni mustahkamlash, aholi farovonlogini ta’minlash ,farzandlarni vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga xurmat  ruhida,sog’lom va barkamol etib tarbiyalash ishlariga qo’shgan katta hissasi , yangi O’zbekistonni barpo etish yo’lidagi samarali mehnati bilan ,tashabbus va ibrat ko’rsatib kelayotgani uchun bir guruh  xotin-qizlar Prezidentimizning farmonlariga muvofiq  ,”O’zbekiston  iftixori” faxriy unvoni bilan,” Fidokorona  xizmatlari” uchun ordeni bilan, “Mehnat shuhrati “ordeni bilan,1-2 -darajali ”Sog’lom avlod “uchun ordeni bilan “Do’stlik “ordeni bilan,”Sodiq xizmatlari “uchun medali bilan,”Shuhrat” medali bilan mukofotlandilar.Bu ayollarimizga bo’lgan yuksak e’tibor va samimiyatdir.

       Har yilimizning an’anasiga aylanib ulgurgan Zulfiyaxonim mukofoti bilan  taqdirlash marosimi ham progressiyada o’sib bormoqda.   Aynan  2019-yildan Zulfiyaxonim mukofotini  shaxsan Prezidentimiz tomonidan topshirilganligi  qizlarimiz uchun juda katta yangilik bo’ldi .Joriy yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash to’g’risida”gi qarori   tasdiqlandi.Bunda 28 nafar qizlarimiz sharafli tantanada ishtirok etib mukofot bilan taqdirlanishdi.Bu esa mamalakatimizda mo’tabar ayol zotini ulug’lash va jamiyaimiztdagi nufuzini oshirishdan iboratdir.Qolaversa  2021 -yildan boshlab bu tadbirda har bir viloyatdan 2 nafar o’z bilimi va yuksak axloqi bilan  tanilgan xotin-qizlar mukofotlanishi ta’kidlandi. Xotin-qizlarimizning xayirli ishlari e’tirof etildi.Yana bir ayollarimizga bo’lgan yuksak ehtirom bilan Prezidentimizning Av etish farmoni e’lon qilindi.Unga ko’ra 83 nafar ayollar va 7ta chet ellik ayol fuqarolar avf etildi. Darhaqiqat yurtimizda 34mln aholidan oshgan xalqimizni  aynan 17mlnini go’zal ,dilbar qizlar va  ,matonatli,sabrli,o’zbek ayollari tashkil etadi.

Shunday ekan men o’ylaymanki, ayollarga bo’lgan eng yaxshi omillardan biri bu, albatta e’tibor deb hisoblayman,chunki,,ayol bu gul,ayol bu ojiza,ayol bu butkul,ayol bu mo’jizadir.Bu ta’kidlab o’tgan so’zlarim o’z ahamiyati bilan juda katta ma’noga egadir deb bilaman

                                                                                                               Abdunabiyeva.Noilaxon

                            Yuridik kollej 6-guruh  o’quvchisi.                      

































Report Page