Abdulla Qodiriy milliy adib, millatning jonkuyar ijodkori.
Olimova FiruzaTalabalar turar joyida pedagogika fakulteti tyutori M.Murodova, F.Olimova va ARM xodimi Bòronova M.M psixologiya yònalishi talabalari bilan Abdulla Qodiriy ijodi nazar solindi.
Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894 yil Toshkentda badavlat savdgar oilasida tug'ilgan. Avvaliga musulmon maktabida (1904-1906), keyin — rus-tuzem maktabida (1908-1012) o'qib, muvaffaqiyatli yakunlagan. 1912 yil kelib, Abdulla Qodiriyning nisbatan birinchi adabiy tarjribalari boshlanadi. O'zining ilk nashr etilgan asarlarida – “Xotinboz” (1915) va “Baxtsiz kuyov” (1915) hikoyalarida eski o'zbek turmushining chizgilari hajviyona ifodalangan. 1915-1917 yillar Qodiriy Abdul Qosim madrasasida arab va fors tillarini astoydil o'rganadi.
Abdulla Qodiriy 1924-1925 yillarda V. YA. Bryusov nomidagi Moskva adabiy kurslarida o'qiydi, so'ngra, 1925-1926 yillar Toshkentda, “Mushtum” o'zbek hajviy jurnalida ishlaydi. U yerda kitobxonning katta muvaffaqiyatiga sazovor bo'lgan ijodkorning hajviy hikoyalari va feletonlari chop etiladi. Qodiriyning roman va qissalari (“O'tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”), shuningdek, jamoaviy ijodi (“Obid Ketmon” qissasi) XIX asr toshkentlik va qo'qonlik o'zbeklar hayotiga bag'ishlangan. “O'tgan kunlar” romani katta shuhrat qozongan. Barcha ziyolilar ushbu kitobni o'qishga intilgan. Va hatto, savodsiz kishilar uni tinglash uchun guruh bo'lib to'planishgan. Ko'plab o'zbek oilalarida romanning Otabek va Kumush qahramonlarining ismlari paydo bo'la boshlagan.
Abdulla Qodiriy qatag'on qilingan. 1937 yilning 31 dekabrida “xalq dushmani” sifatida hibsga olinadi, bunga hasadgo'y “qalamkash hamkasblari” qo'l urgan. 1938 yilning 4 oktyabr kuni yozuvchi otib tashlangan, o'limidan so'ng oqlangan.