AYOLINI E'ZOZLAGAN YURT

AYOLINI E'ZOZLAGAN YURT

Дилором Сатторова

O'zbekiston Prezidenti tomonidan yangi chiqarilgan PQ-401 sonli qaror va PF-208 sonli farmonlar yurtimizda haqiqatdan ayolga e'tibor va uning qadri juda yuqori ko'tarilganini yana bir bor o'z isbotini topdi.

2021 yil 8-avgustda qabul qilingan 437-qarorga asosan, Respublika bo'yicha " Oqila ayollar " harakati jamoatchilik kengashi keng miqyosda ishlarni olib borib qanchadan qancha oilalarning ajrimini to'xtatib, jamiyatimizning kickina bo'g'ini bo'lgan va jamiyat rivojining asosi sanalgan oilaning mustahkam bo'lishida o'zining beminnat xizmatini ko'rsatib keliyapti. Bularga yordamchi qilib "Oila sudyalari"ni tashkil etilishi nur ustiga a'lo nur deb o'ylayman.

PQ-401 qarorning 8-bandida ko'rsatilgan xotin-qizlarning haq to'lanadigan jamoat ishlarida ishlashlari "Oqila ayollar" harakati safini kengayishiga va uning faoliyatini yaxshilanishiga sabab bo'ladi. Shuningdek, millat kelajagini o'ylab, yurtimizda qon-qarindoshlar orasidagi nikohga yo'l qo'ymaslik kelajakda yurtimizda Alpomishlar sonini ortishiga, vatan deb yonadigan To'marislar tug'ilishiga asos bo'lishiga ishonaman.

Biz  "Ayoli e'zozlangan yurt"da yashayotganimizdan baxtiyormiz va ona yurtimiz uchun qancha mehnat qilsak ham charchamaymiz.


Buxoro viloyati, Shofirkon tumani, "Oqila ayollar" harakati rahbari

Dilorom Sattorova Asrorovna

Report Page