AYOL JAMIYAT GULTOJI, BORLIQ KO`ZGUSI VA MILLAT TARBIYACHISI
Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi. Uning mehr-muhabbati navnihollarni, ertamiz egalarining unib-o‘sishiga, kamol topishiga sabab bo‘ladi. Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi. Xotin-qizlarni e’zozlagan, qadrlagan yurtning esa buguni va ertasi shubhasiz farovondir!
Bugun tumandagi Amirobod-Guliston MFY aholisi tomonidan "Bag`rikenglik haftaligi" loyihasi doirasida “Ayol jamiyat gultoji, borliq ko`zgusi va millat tarbiyachisi” mavzusida milliy qadriyatlarni tarannum etgan tadbir tashkillashtirildi. Tadbirda “Nuroniylar jamg’armasi" tuman bo`limi, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi tuman bo`linmasi hamda Amirobod-Guliston MFY aholisi ishtirok etdi.
Bugungi kunda ham hukumatimiz tomonidan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, jamiyatda qadrini va qaddini ko‘tarish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu xayrli ishlarning samarasini esa barcha opa-singillarimiz o‘z hayotlari, umr yo‘llari davomida his etishmoqda. Shu bilan birga ko‘rsatilayotgan mehr-muhabbatni yuksak baholab, barcha sohalarda o‘z bilim va salohiyatlarini ko‘rsatmoqda, jahon arenalarida davlatimiz bayrog‘ini yanada baland tutmoqda, yer yuzidagi eng mashhur, yirik kompaniyalarda mehnat qilib, o‘zbeklarning salohiyatini namoyish qilmoqda.
Albatta, kelajagi buyuk, ertasi farovon bo‘lishini istagan xalq millat davomchilarini qay soha vakili bo‘lmasin ko‘ngli tinch, hayoti farovon bo‘lishi uchun harakat qiladi, munosib turmush kechirishlari uchun sharoit yaratadi. Yoshlarni milliy urf-odat va ananalarga sodiq, barkamol shaxs qilib ulg`aytiradi.
O`zbek xalqining urf-odatlari asrlar davomida O'zbek millating tashkill topishida katta ahamiyatga ega hisoblangan va O'zbek oilasi o'z urf-odat-yu, an'analari bilan tirikdir.
Har bir O'zbek oilasining asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan biri: mehmondo'stlik, yoshi kattalarga hurmat - ehtiromli bo'lishdir.
Odatda barcha O'zbek oilalari bir nechta avlodlardan iborta bo'lgan katta oilalar tarkibida yashaydi va shuning uchun ular hovlisi bo'lgan katta uylarni yoqtirishadi.
Salomlashuv - Qo'l berib yoki bag'riga bosib ko'rishganda an'anaga ko'ra: "U insonning salomatligi ishdagi va uydagi ahvoli" haqida so'raladi...
Urf-odatlarning ko'pchiligi oilaviy hayotga oid bo'lib, farzand dunyoga kelishi va tarbiyasi (beshik to'yi, sunnat to'yi), nikoh (fotiha to'yi) dan iboratdir.
O'zbek millatining urf-odatlari nafaqat oilada balkim har bir sohada o'z aksini topgan, misol uchun: masjid, choyxonalar, bozorda, nahorgi osh, milliy bayramlar, navro'z bayrami, kelin salom va boshqalar alohida o'ziga xos bo'lgan urf-odatlari mavjud.
O'zbek millatining urf-odatlari nafaqat oilada balkim har bir sohada o'z aksini topgan, misol uchun: masjid, choyxonalar, bozorda, nahorgi osh, milliy bayramlar, navro'z bayrami, kelin salom va boshqalar alohida o'ziga xos bo'lgan urf-odatlari mavjud.
“Nuroniylar jamg’armasi" Buxoro tuman bo`limi
Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi Buxoro tuman bo`linmasi