AYOL BAXTI BO'LSA JAMIYAT BAXTLI BO'LADI

AYOL BAXTI BO'LSA JAMIYAT BAXTLI BO'LADI

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi

Bugun, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi va maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi bilan hamkorlikda 24-maktabda "Ayol-baxti" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil qilindi. "Ayol baxti" mavzusidagi tadbirda bugungi qizlar oliy ma'lumotni egallashi, jamiyat taraqqiyotida o'z o'rniga ega bo'lishi, kelajak avlodni munosib qilib tarbiylashi uchun zarurligi xususida so'z bordi. Ayol baxti xususida, olima ayollar fikrlari tinglandi.

Mafkuraviy urushlar, maʻnaviyatga tahdid­lar kuchayib borayotgan bugungi kunda jamiyatni asrashni oilalardan boshlash kerakligi oydinlashib bormoqda. Shu jihatdan, onalarimiz va ayollarimizni Vatan, millat himoyachilari, desak adashmagan bo'lamiz. Hayo­tidan rozi, kelajakka umid ko'zi bilan qarayot­gan ayollargina Vataniga sadoqatli, mehnatkash, fidoyi farzandlarni tarbiya­lay oladi.

Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi. Xotin-qizlarni e’zozlagan, qadrlagan yurtning esa buguni va ertasi shubhasiz farovondir.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, jamiyatda nufuzini oshirish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu xayrli ishlarning samarasini esa barcha opa-singillarimiz o‘z hayotlari, umr yo‘llari davomida his etishmoqda. Shu bilan birga ko‘rsatilayotgan mehr-muhabbatni yuksak baholab, barcha sohalarda o‘z bilim va salohiyatlarini ko‘rsatmoqda, jahon arenalarida davlatimiz bayrog‘ini yanada baland tutmoqda, yer yuzidagi eng mashhur, yirik kompaniyalarda mehnat qilib, salohiyatlarini namoyish qilmoqda.

Albatta, kelajagi buyuk, ertasi farovon bo‘lishini istagan xalq millat davomchilarini qay soha vakili bo‘lmasin ko‘ngli tinch, hayoti farovon bo‘lishi uchun harakat qiladi, munosib turmush kechirishlari uchun sharoit yaratadi. Bugun O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq-imkoniyatlarini kengaytirish, davlat boshqaruvi va jamiyatning barcha jarayonlarida ularning rolini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bugun O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq-imkoniyatlarini kengaytirish, davlat boshqaruvi va jamiyatning barcha jarayonlarida ularning rolini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi





Report Page