AXBOROT XATI

AXBOROT XATI



“YOSH OLIMLAR NIGOHIDA ZAMONAVIY XALQARO HUQUQ”

mavzusida universitet miqyosida konferensiya

2025-yil 23-dekabr

Tashkilotchi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Konferensiyaning maqsadi – yangi nigohda, zamonaviy fikrlovchi bo‘lajak diplomatlar va xalqaro huquqshunoslar orasida ilmiy izlanishlarni rivojlantirish va Universitet talabalarini xalqaro huquq sohasida malakali, tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega hamda keng doirada siyosiy-huquqiy ilmiy tahlillarni amalga oshirish salohiyatini shakllantirishga qaratilgan.

Konferensiyani o‘tkazish shakli: offlayn (Conference hall)

Konferensiyaning yo‘nalishlari:

- Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida xalqaro tinchlik va xavfsizlik masalalari;

-Xalqaro huquqiy hamkorlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar tashabbuslari;

- Raqamlashgan jamiyatda inson huquqlari: muammolar va istiqbollar;

- Iqlim o‘zgarishi, global isish va atrof-muhit ifloslanishi muammolarining xalqaro huquqiy jihatlari;

- Axborot xavfsizligi sohasini xalqaro-huquqiy tartibga solish va xalqaro huquqiy hamkorlik;

- Zamonaviy xalqaro huquqda BMT “Barqaror rivojlanish maqsadlari” (SDG);

- Besh tashabbus: ayollar huquqlarni ta’minlash va gender tengligiga erishda xalqaro huquqiy hamkorlik;

- Zamonaviy xalqaro huquq: O‘zbekiston Respublikasining siyosiy-huquqiy qarashlari va tashabbuslari.

- Sun’iy intellekt texnologiyalarni xalqaro-huquqiy tartibga solish masalalari.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha zamonaviy xalqaro huquqning dolzarb masalalariga qaratilgan takliflar, ilmiy maqolalar va tezislar qabul qilinadi.

Konferensiyada qatnashish uchun: professor-o‘qituvchilar, milliy ekspertlar, tadqiqotchilar, doktorantlar, amaliyotchilar, magistrantlar va bakalavr bosqichi

talabalari taklif etiladi.

Konferensiyada taqdimot bilan ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar (“Xalqaro

huquqshunos” klubi a’zolari, magistrantlar, doktorantlar) taqdimotlari

yosholimlarconference@gmail.com pochta manzili orqali qabul qilinadi.

Taqdimotlarni qabul qilish muddati: 2025-yil 20-dekabr (oxirgi muddat). Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz tillari.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha konferensiya materiallari to‘plamini nashr etish rejalashtirilgan. To‘plamning elektron varianti Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti saytiga joylashtiriladi.

To‘plamda e’lon qilish uchun maqola matnini to‘plam bo‘yicha mas’ul:

Sayfullayeva Venera Nimatjonovnaga yosholimlarconference@gmail.com

elektron pochta manziliga Konferensiya_Yosh olimlar 2025 belgisi bilan

muallifning familiyasi ko‘rsatilgan holda yuborishingizni so‘raymiz.

Qo‘shimcha ma’lumotlar (Yosh olimlar_JIDU Conference) telegram kanalida berib boriladi.

MAQOLALARNI YUBORISH UCHUN TALABLAR

Matn hajmi – kamida 5 betdan 7 betgacha, A4 hajmda, matn shakli – Microsoft Word, yozuv shrifti – Times New Roman, harflar hajmi 14 kegl, satrlar oralig‘i 1,5 intervalda. Yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 1,5 sm, o‘ngdan 1,5 sm; Yuqoridan bosh harflar bilan maqola mavzusi yoziladi, bir intervaldan so‘ng muallifning familiyasi, ism-sharifi, ish joyi (oliy o‘quv yurti, ilmiy tadqiqot muassasasi) nomi va lavozimi, shuningdek bog‘lanish uchun telefon raqami yoziladi, bir intervaldan so‘ng matn keltiriladi; Tezisni tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar har bir sahifa ostida havola (snoska) tarzida beriladi; Internet-resurslardan (Google Tarjimon va boshqalar) foydalanilgan izohlarning tarjimalari lingvistik va semantik jihatdan to‘g‘riligi tahrir qilinishi kerak.

Barcha taqdim etilgan materiallar antiplagiat dasturi yordamida sinovdan o‘tkaziladi (originallik – 70% dan kam emas).

Tezislarning mazmuni konferensiyada muhokama qilingan masalalarni aks ettirishi kerak. Tezis oxirida amaliy tavsiyalar berilishi kerak.

Maqola va tezislarning mazmun-mohiyati, ma’lumotlarning aniqligi uchun mualliflar shaxsan javobgar hisoblanadi.

Talablarga javob bermaydigan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi.

Maqolalarni qabul qilish muddati: 2025-yil 25-dekabr.

Manzil: Toshkent shahar, Mustaqillik shoh ko‘chasi 54, (pochta indeksi 100077)

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Telefon: +998712673950

Ishtirokchi anketasi 

Muallif(lar) familiyasi, ismi, sharifi

Yo‘nalish/sho‘ba nomi

Tezis/Ilmiy maqolaning nomi

Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni

Ish joyi

Lavozimi

Aloqa uchun telefon raqami (hudud kodi bilan)

Elektron pochta

Report Page