AXBOROT XATI
"Xalqaro iqtisodiyot" kafedrasi
AXBOROT XATI
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2026-yil 30-aprel kuni
“Global geoiqtisodiy jarayonlar transformatsiyasi sharoitida Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Anjuman mavzusi:
O‘zbek tilida – “Global geoiqtisodiy jarayonlar transformatsiyasi sharoitida Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman.
На русском языке – Международная научно-практическая конференция на тему «Основные направления и перспективы обеспечения экономической стабильности Нового Узбекистана в контексте трансформации глобальных геоэкономических процессов».
Ingliz tilida – International scientific and practical conference on the topic of "Main directions and prospects for ensuring the economic stability of New Uzbekistan in the context of the transformation of global geoeconomic processes".
So‘nggi yillarda global geoiqtisodiy jarayonlar jahon iqtisodiyotining tuzilmasi va rivojlanish yo‘nalishlarini tubdan o‘zgartirmoqda. Xalqaro savdo tizimidagi transformatsiyalar, geosiyosiy omillarning kuchayishi hamda yangi iqtisodiy markazlarning shakllanishi milliy iqtisodiyotlar oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Bunday sharoitda Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, tashqi xatarlarga moslashuvchanlikni oshirish va uzoq muddatli barqaror o‘sishni ta’minlash dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Konferensiyaning maqsadi. Mazkur konferensiya global geoiqtisodiy transformatsiyalar sharoitida Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollarini ilmiy jihatdan tahlil qilish, mavjud muammolar va xatarlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, konferensiya iqtisodiy siyosatning samaradorligini oshirish, innovatsion rivojlanishni jadallashtirish va milliy iqtisodiyotning global tizimdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy muloqot maydonini yaratadi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi quyidagi masalalarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda:
· Global geoiqtisodiy jarayonlarning Yangi O‘zbekiston iqtisodiy barqarorligiga ta’siri va ularni boshqarish mexanizmlari;
· Milliy iqtisodiyotning tashqi iqtisodiy xatarlarga chidamliligini oshirish va diversifikatsiya siyosati;
· Investitsiya muhitini yaxshilash va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning zamonaviy yo‘nalishlari;
· Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalarni rivojlantirish orqali iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash;
· Global qiymat zanjirlariga samarali integratsiyalashuv va eksport salohiyatini oshirish istiqbollari.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya global o‘zgarishlar sharoitida O‘zbekistonning xalqaro raqobatbardoshligini mustahkamlash, raqamli transformatsiyaning barqaror rivojlanishga ta’siri, xalqaro savdo ko’lamini kengaytirish usullariga bag‘ishlangan quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan:
1- bo‘lim. Global geoiqtisodiy jarayonlar transformatsiyasi va ularning Yangi O‘zbekiston iqtisodiy barqarorligiga ta’siri;
2- bo’lim. Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda sanoat siyosati va iqtisodiy diversifikatsiyaning roli;
3- bo’lim. Innovatsion rivojlanish va raqamli transformatsiya iqtisodiy barqarorlik omili sifatida;
4- bo‘lim. Investitsiya muhiti, institutsional islohotlar va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yo‘nalishlari.
Mazkur konferensiyada xalqaro ilmiy mutaxassislar, universitet professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar va magistrlar ishtirok etishi mumkin. Konferensiyada olimlar asosiy (plenar) ma’ruzalarini taqdim etadilar, taklif qilingan spikerlar chiqishlar qilishadi, shuningdek, ishtirokchilar o‘z tadqiqot natijalarini interaktiv shaklda ham taqdim etib, muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Anjumanda tadqiqotchilarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarining ilmiy asoslarini muhokama qilish natijasida ilmiy xulosa va tavsiyalar tayyorlanadi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman natijalari mujassamlangan to‘plam nashr etish ko’zda tutilgan. Nashr qilingan ilmiy maqolalar to‘plami JIDU saytiga joylanadi.
Taqdim etiladigan tezislarni rasmiylashtirilishga qo‘yilgan talablar:
Maqola mavzusi (title):
Mavzu imkon qadar qisqa va lo‘nda ko‘rinishda shakllantirilgan bo‘lib, maqola tadqiqot yo‘nalishini aniq ifoda etishi lozim. U o‘zbek, rus hamda ingliz tillarida taqdim etilishi kerak;
Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (information about author). Ushbu qismda muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va bog‘lanish uchun telefon raqamlari kiritiladi;
Maqolani annotatsiyasi (abstract):
Maqolaning qisqacha annotatsiyasi 3-5 qatordan oshmagan holda o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi. Unda tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini ochib berish uchun qo‘llanilgan metodologiya, tadqiqot natijalari, muallifning ilmiy va amaliy hissasining qisqacha bayoni yoritiladi;
Tayanch iboralar (key words): Tayanch iboralar maqola mazmuni hamda maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit so‘zlar hisoblanadi;
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (references):
Maqola tayyorlash uchun foydalanilgan barcha adabiyot va ilmiy maqolalarning ro‘yxati [1], [2] va [3] ketma-ketligida beriladi:
• mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili, nashriyot nomi, yili, betlari (adabiyot uchun);
• mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari (maqola uchun).
Maqola matni:
Matn “Times New Roman” shriftida, 14 kegelda bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning maksimal hajmi 5 betdan ko‘p bo‘lmasligi hamda foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 10-15 manbadan iborat bo‘lishi lozim.
Talablarga javob bermaydigan maqolalar qabul qilinmaydi. Matnda foydalanilgan misol, ko‘chirma va ma’lumotlar aniqligi uchun javobgarlik muallif zimmasida bo‘ladi. Tashkiliy qo‘mita tanlovdan o‘tmagan maqolalarni mualliflarga qaytarish va izoh berish majburiyatini olmaydi.
Konferensiyada qatnashish uchun maqolalar va ma’ruza tezislari bosma va elektron shaklda 2026-yil 25-aprelga qadar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasiga (B bino, 406-xona) topshirilishi lozim (manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 54). Maqola va tezislar materiallarini quyidagi elektron manzilga ham yuborish mumkin: ie_dep@uwed.uz
ИНФОРМАЦИОННОЕ ПИСЬМО
30 апреля 2026 года в Университете мировой экономики и дипломатии планируется провести международную научно-практическую конференцию на тему «Основные направления и перспективы обеспечения экономической стабильности Нового Узбекистана в контексте трансформации глобальных геоэкономических процессов».
Тема конференции:
На узбекском языке – “Global geoiqtisodiy jarayonlar transformatsiyasi sharoitida Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman.
На русском языке – международная научно-практическая конференция на тему «Основные направления и перспективы обеспечения экономической стабильности Нового Узбекистана в контексте трансформации глобальных геоэкономических процессов».
На английском языке – International scientific and practical conference on the topic of "Main directions and prospects for ensuring the economic stability of New Uzbekistan in the context of the transformation of global geoeconomic processes".
В последние годы глобальные геоэкономические процессы коренным образом изменили структуру и направления развития мировой экономики. Трансформации в международной торговой системе, усиление геополитических факторов и формирование новых экономических центров ставят перед национальными экономиками новые вызовы. В таких условиях обеспечение экономической стабильности Нового Узбекистана, повышение его устойчивости к внешним рискам и обеспечение долгосрочного устойчивого роста приобретают первостепенное значение.
Цель конференции: Конференция послужит для научного анализа основных направлений и перспектив обеспечения экономической стабильности Нового Узбекистана в контексте глобальных геоэкономических преобразований, выявления существующих проблем и рисков, а также разработки практических предложений и рекомендаций, направленных на их устранение. Одновременно конференция создаст научную площадку для диалога, направленного на повышение эффективности экономической политики, ускорение инновационного развития и укрепление позиций национальной экономики в глобальной системе.
На международной научно-практической конференции планируется обсудить следующие вопросы:
• Влияние глобальных геоэкономических процессов на экономическую стабильность Нового Узбекистана и механизмы их управления;
• Повышение устойчивости национальной экономики к внешним экономическим рискам и диверсификация политики;
• Современные направления улучшения инвестиционного климата и обеспечения устойчивого экономического роста;
• Укрепление экономической стабильности за счет развития цифровой экономики и инноваций;
• Перспективы эффективной интеграции в глобальные цепочки создания стоимости и повышения экспортного потенциала.
Международная научно-практическая конференция планируется включать в себя следующие секции, посвященные укреплению международной конкурентоспособности Узбекистана в контексте глобальных изменений, влиянию цифровой трансформации на устойчивое развитие и методам расширения масштабов международной торговли:
Секция №1. Трансформация глобальных геоэкономических процессов и их влияние на экономическую стабильность Нового Узбекистана;
Секция №2. Роль промышленной политики и экономической диверсификации в обеспечении стабильности национальной экономики;
Секция №3. Инновационное развитие и цифровая трансформация как фактор экономической стабильности;
Секция №4. Инвестиционный климат, институциональные реформы и направления обеспечения макроэкономической стабильности.
Конференция открыта для международных экспертовб научные специалисты из Республики Узбекистан, преподавателей университетов, местных специалистов, молодых ученых, независимых исследователей, докторантов и магистрантов. На конференции ученые представят основные (пленарные) доклады, приглашенные спикеры выступят с докладами, а участники также получат возможность представить и обсудить результаты своих исследований в интерактивном формате. На конференции будут обсуждаться научные основы инновационных идей и разработок исследователей, по результатам которых будут сформулированы научные выводы и рекомендации. Планируется опубликовать сборник результатов международной научно-практической конференции. Сборник опубликованных научных статей будет размещен на сайте JIDU.
Требования к оформлению представляемых тезисов:
Тема статьи (Title):
Тема должна быть сформулирована максимально кратко и лаконично, а статья должна четко выражать направление исследования. Статья может быть на узбекском, русском и английском языках;
Информация об авторе статьи (Information about author). В этой части указываются имя автора (с отчеством), место работы и должность, ученая степень и звание, адрес электронной почты и контактный номер телефона;
Аннотация статьи (Abstract):
Краткая аннотация статьи дается на узбекском, русском и английском языках объемом не более 3-5 строк. Освещается проблема исследования, ее актуальность, методология раскрытия проблемы исследования, результаты исследования, краткое изложение научного и практического вклада автора;
Ключевые слова (Key words) – это ключевые слова, которые в кратчайшей форме раскрывают содержание и цель статьи;
Список использованной литературы (References):
Перечень всей литературы и научных статей, использованных при подготовке статьи, приводится в последовательности [1], [2] и [3]:
- имя автора, название книги, адрес издания, название издательства, год, страницы (для литературы);
- имя автора, название статьи, название журнала, издание, год, номер, страницы (для статьи).
Текст статьи:
Текст должен быть набран шрифтом «Times New Roman», 14 кегеля, расстояние между строками должно составлять 1 интервал. Со всех сторон (справа, слева, сверху и снизу) от текста статьи оставляют расстояние в 2 сантиметра. Минимальный объем статьи не должен превышать 5 страниц, а количество использованной литературы должно быть не менее 10-15 источников.
Статьи, не соответствующие требованиям, не принимаются. Автор несет ответственность за достоверность примеров, выдержек и информации, использованных в тексте. Оргкомитет не обязан возвращать и комментировать статьи, не прошедшие конкурс.
Для участия в конференции статьи и тезисы необходимо предоставить в печатном и электронном виде на кафедру “Международная экономика” Университета мировой экономики и дипломатии (корпус Б, каб. 406) до
25 апреля 2026 г. (адрес: г. Ташкент, проспект Мустакиллик, 54). Материалы статей и тезисов также можно направить на следующий адрес электронной почты: ie_dep@uwed.uz
INFORMATION LETTER
April 30, 2026 at the University of World Economy and Diplomacy it is planned to hold the international scientific and practical conference on the topic "Main directions and prospects for ensuring the economic stability of New Uzbekistan in the context of the transformation of global geoeconomic processes".
Conference topic:
In Uzbek – “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining xalqaro raqobatbardoshligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman.
In Russian – Международная научно-практическая конференция на тему «Основные направления и перспективы обеспечения экономической стабильности Нового Узбекистана в контексте трансформации глобальных геоэкономических процессов».
In English – Republican scientific and practical conference on the topic of "Main directions and prospects for ensuring the economic stability of New Uzbekistan in the context of the transformation of global geoeconomic processes".
In recent years, global geoeconomic processes have fundamentally changed the structure and development directions of the world economy. Transformations in the international trade system, the intensification of geopolitical factors, and the formation of new economic centers pose new challenges to national economies. In such conditions, ensuring the economic stability of New Uzbekistan, increasing its resilience to external risks, and ensuring long-term sustainable growth are of urgent importance.
The purpose of the conference. This conference will serve to scientifically analyze the main directions and prospects for ensuring the economic stability of New Uzbekistan in the context of global geoeconomic transformations, identify existing problems and risks, and develop practical proposals and recommendations aimed at eliminating them. At the same time, the conference will create a scientific forum for dialogue aimed at increasing the effectiveness of economic policy, accelerating innovative development, and strengthening the position of the national economy in the global system.
The following issues are planned to be discussed at the international scientific and practical conference:
• The impact of global geoeconomic processes on the economic stability of New Uzbekistan and their management mechanisms;
• Increasing the resilience of the national economy to external economic risks and diversification policy;
• Modern directions for improving the investment climate and ensuring sustainable economic growth;
• Strengthening economic stability through the development of the digital economy and innovations;
• Prospects for effective integration into global value chains and increasing export potential.
The international scientific and practical conference is planned to consist of the following sections dedicated to strengthening Uzbekistan's international competitiveness in the context of global changes, the impact of digital transformation on sustainable development, and methods for expanding the scope of international trade:
Section 1. Transformation of global geoeconomic processes and their impact on the economic stability of New Uzbekistan;
Section 2. The role of industrial policy and economic diversification in ensuring the stability of the national economy;
Section 3. Innovative development and digital transformation as a factor of economic stability;
Section 4. Investment climate, institutional reforms and directions for ensuring macroeconomic stability.
This conference is open to scientific experts from the Republic and all over the world, university professors and teachers, young scientists, independent researchers, basic doctoral students and masters. At the conference, scientists will present keynote (plenary) reports, invited speakers will deliver reports, and participants will also have the opportunity to present and discuss the results of their research in an interactive format. The conference will discuss the scientific foundations of innovative ideas and developments of researchers, based on the results of which scientific conclusions and recommendations will be made. It is planned to publish a collection of results of the international scientific and practical conference. The collection of published scientific articles will be posted on the UWED website.
Requirements for the presentation of abstracts:
The subject of the article (title):
The topic should be formulated as briefly and concisely as possible, and the article should clearly express the direction of the research. The article can be in Uzbek, Russian and English;
Information about the author of the article. This part indicates the author’s name (with patronymic), place of work and position, academic degree and title, email address and contact phone number;
Abstract of the article:
A brief abstract of the article is given in Uzbek, Russian and English, no more than 3-5 lines. The research problem, its relevance, the methodology for revealing the research problem, the results of the study, a summary of the scientific and practical contribution of the author are covered;
Keywords briefly reveal the content and purpose of the article;
List of used literature (References):
The list of all literature and scientific articles used in preparing the article is given in the sequence [1], [2] and [3]:
- Author’s name, book title, publication address, publisher’s name, year, pages (for literature);
- Name of the author, title of the article, name of the journal, edition, year, number of the pages (for the article).
Article text:
The text must be typed in Times New Roman font, 14 pt, with 1 space between lines. A distance of 2 centimeters is left on all sides (right, left, top and bottom) of the article text. The minimum volume of the article should not exceed 5 pages, and the amount of literature used should be at least 10-15 sources.
Articles that do not meet the requirements will not be accepted. The author is responsible for the accuracy of the examples, excerpts and information used in the text. The organizing committee is not obliged to return or comment on articles that did not pass the competition.
In order to participate in the conference, articles and lecture abstracts must be submitted in printed and electronic form to the “International Economics” department of the University of World Economy and Diplomacy (building B, room 406) by April 25, 2026 (address: Tashkent city, Mirzo Ulugbek district, Mustakillik Ave., 54). Materials of articles and abstracts can also be sent to the following e-mail address: ie_dep@uwed.uz