AXBOROT XATI

AXBOROT XATI

2025-yil 22-aprel kuni

A.Iskandarov


“Xalqaro huquqning dolzarb muammolari”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishida ishtirok etishga taklif etadi

Tashkilotchi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Konferensiyaning maqsadi xalqaro huquqning dolzarb muammolari va xalqaro hamkorlikni shartnomaviy-huquqiy tartibga solish istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida xalqaro huquqni fan sifatida shakllantiruvchi zamonaviy normativ-uslubiy nazariyalar, ilmiy yondashuvlar va tendensiyalar masalalari bo‘yicha fikr, kasbiy tajriba va bilim almashish.

Konferensiyaning asosiy maqsadlari:

• “O‘zbekiston-2030” strategiyasidan kelib chiqqan holda mamlakatimizning xalqaro huquq sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish;

• xalqaro huquq fanining turli dolzarb masalalarini, jumladan yashil iqtisodiyot, xalqaro savdo, xalqaro axborot huquqi, xalqaro kiberterrorizmga qarshi kurash, ziddiyatli vaziyatlarda inson huquqlarini himoya qilish, sun’iy intellektni tartibga solish, ekologik huquq va boshqa masalalari muhokama qilish;

• konferensiya ishtirokchilari o‘rtasida xalqaro huquq va uni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

• xalqaro huquq sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, baho va takliflarni monitoring qilish, umumlashtirish.

Konferensiyani o‘tkazish shakli: onlayn va offline (gibrid shaklida).

Konferensiya to‘plamida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va magistratura bosqichi talabalarining (magistrantlar uchun taqriz talab etiladi) tesiz va maqolalari nashr ettiriladi.

Anjumanda ishtirok etish uchun xalqaro va milliy tashkilotlar vakillari, professor-o‘qituvchilar, xorijiy ekspertlar, tadqiqotchilar, xalqaro huquq sohasida faoliyat yuritayotgan doktorantlar va amaliyotchilar taklif etiladi.

Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz tillari.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha konferensiya materiallari to‘plamini nashr etish rejalashtirilgan. To‘plamning elektron varianti Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti saytiga joylashtiriladi.

To‘plamda e’lon qilish uchun maqola matnini E-mail: visola@uwed.uz manziliga Konferensiya_АX-2025 belgisi bilan muallifning familiyasi ko‘rsatilgan holda yuborishingizni so‘raymiz. To‘plam bo‘yicha masʼul: Sayfullayeva Venera Nimatjonovna (telegram orqali: +998 910099498).

MАQOLА VA TEZISLАRNI YUBORISH UCHUN TАLАBLАR

Matn hajmi — kamida 5 betdan 7 betgacha, А4 hajmda, matn shakli Microsoft Word, yozuv shrifti - Times New Roman, harflar 14 shrift o‘lchamda, satrlar oralig‘i 1,5 intervalda. Yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 1,5 sm, o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega bo‘lishi;

Yuqoridan bosh harflar bilan maqola mavzusi yoziladi, bir intervaldan so‘ng muallifning familiyasi, ism-sharifi, ish joyi (oliy o‘quv yurti, ilmiy tadqiqot muassasasi) nomi va lavozimi, shuningdek bog‘lanish uchun telefon raqami yoziladi, bir intervaldan so‘ng matn keltiriladi;

Tezisni tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar har bir sahifa ostida havola (snoska) tarzida beriladi.

Internet-resurslardan (Google Tarjimon va boshqalar) foydalanilgan izohlarning tarjimalari lingvistik va semantik jihatdan to‘g‘riligi tahrir qilinishi kerak.

Barcha taqdim etilgan materiallar antiplagiat dasturi yordamida sinovdan o‘tkaziladi (originallik — 70% dan kam emas).

Tezislarning mazmuni konferensiyada muhokama qilingan masalalarni aks ettirishi kerak. Tezis oxirida amaliy tavsiyalar berilishi kerak.

Maqola va tezislarning mazmun-mohiyati, maʼlumotlarning aniqligi uchun mualliflar shaxsan javobgar hisoblanadi.

Talablarga javob bermaydigan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi.

Maqolalarni qabul qilish muddati: 2025 yil 20-aprel.

Manzil: Toshkent shahar, Mustaqillik shoh ko‘chasi 54, (pochta indeksi 100077). Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Telefon: +998712673950.






Report Page