АTАMda “Ochiq eshiklar kuni”

АTАMda “Ochiq eshiklar kuni”


4 iyun kuni “Oʼzatom” agentligi, “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” ga bagʼishlab Аtom texnologiyalari axborot markazida “Ochiq eshiklar kuni” oʼtkazdi. 

“Oʼzatom” agentligi bosh direktorining birinchi oʼrinbosari, Bahrom Mansurov samimiy tilaklar bilan barcha bolalar va ularning ota-onalarini ajoyib bayram bilan tabrikladi va tadbirni ochiq deb eʼlon qildi. 

Ushbu tadbirda bir nechta maydoncha jalb qilingan edi. 

“Oʼzatom” agentligi hovlisida navbatdagi “Energetika bolajonlar nigohida” mavzusida boʼlib oʼtgan rasmlar tanlovidan soʼng asfalt yosh rassomlarning ajoyib va qiziqarli rasmlari bilan qoplandi. Rasm chizishga qiziqishi yuqori, iqtidorli oʼgʼil-qizlar oʼzlarining energetika haqidagi tasavvurlarini namoyish etdilar.
Gʼoliblarni uchta nominatsiya boʼyicha aniqlandilar:

“Умный Ташкент” xalqaro oʼquv dasturi bilan hamkorlikda markazda alohida maydoncha ajratildi. Tashkilotchilar ishtirokchilari kimyoviy jismlardan foydalangan holda bir qarashda juda ham murakkab boʼlgan fizikaviy va kimyoviy qonunlarni oʼz tajribalarida oddiy va tushunarli tilda aytib berishdi.

Yana bir maydoncha АTАM videozali. Ushbu videozalda hali fizika fanidan xabardor boʼlmagan, boshlangʼich sinf oʼquvchilariga ham energetika asoslari, atom texnologiyalarining haqida interaktiv oʼyinlar va mini-filьmlar yordamida namoyish etish, tushuntirish imkoni mavjud. Bu hali hammasi emas, mini-filьmlar yordamida har bir mehmon energetika obʼektlariga virtual sayohat qilishi natijasida ularning ishlashi haqida tasavvurga ega boʼladilar.

Аtom texnologiyalari axborot markazi ikkita zaldan iborat, ulardan biri eksponatlar zalidir va ushbu zal quyidagilarni oʼz ichiga oladi:

VVER-1200 reaktori bilan jihozlangan АES modeli;

VVER-1200 reaktorining 3D – modeli;

Fitodevor – atom energetikasi, yashil energetika manbalaridan biri sifatida namoyish etadi;

 Interaktiv devor – qishloq xoʼjaligida atom texnologiyalarining qoʼllanilishini namoyish etadi;

 Velo maket – elektr energiya generatori;

 3D-printer.

Bolalar eksponatlar zalida yadro texnologiyalari haqida juda ham koʼp qiziqarli maʼlumotlarga ega boʼlishdi, atom sanoati korxonalarining ishlashi jarayoni, yadro texnologiyalaridan qishloq xoʼjaligida foydalanish, tibbiyot, ishlab chiqarish va h.k. 
Bundan tashqari, har bir tadbirni yanada qiziqarli va hayajonli boʼlishi maqsadida stol oʼyinlari uchun ham maydonchalar ajratilgan edi. 

Har bir maydonchadan uchtadan gʼolib aniqlandi va ular tadbir yakunida esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandilar. Asosiysi, hech bir bola yutqazmadi va barchalari “Oʼzatom” agentligining esdalik sovgʼalari va ajoyib shirinliklar bilan taqdirlandilar.

Tadbirimizdan olingan ayrim lavhalar bilan boʼlishmoqchimiz. Marhamat!


"O'zatom" agentligi matbuot xizmati.


Report Page