AT “AloqaBank”ning “Aloqabank tomonidan UzCard DUO orqali Jetour yutib ol” aksiyasida ishtirok etish uchun

AT “AloqaBank”ning “Aloqabank tomonidan UzCard DUO orqali Jetour yutib ol” aksiyasida ishtirok etish uchun

OMMAVIY OFERTA

I. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu qoidalar “Aloqabank tomonidan UzCard DUO orqali Jetour yutib ol” aksiyasini (bundan buyon matnda “Aksiya” deb yuritiladi) o‘tkazish tartibi, shartlari, joyi va muddatlarini belgilab beradi.

1.2. Tashkilotchilar: Aksiyadorlik-tijorat “AloqaBank” (bundan buyon matnda “Bank” deb yuritiladi).

1.3. Aksiya o‘tkaziladigan hudud: Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida AT “AloqaBank”ning bank tizimida o‘tkaziladi.

1.4. Aksiyaning o‘tkazilish muddati: Aksiya 2024-yilning 17-iyun sanasidan     15-dekabr sanasigacha o‘tkaziladi.


II. Aksiya ishtirokchilari

2.1. Aksiyada O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lib, 16 yoshdan oshgan va Bankning jismoniy shaxslar uchun chiqarilgan UzCard DUO kartalariga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

2.2. Aksiyada ishtirok etish aksiya ishtirokchilarining mazkur Qoidalarga to‘liq roziligini bildiradi.

2.3. Mazkur Qoidalarga amal qilmagan aksiya ishtirokchisi aksiyada ishtirok etishni davom ettirish va sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Sovrinni olish uchun aksiya ishtirokchilari aksiya o‘tkaziladigan muddat davomida, sovrinning olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar imzolangan paytgacha mazkur Qoidalarga muvofiq o‘zlaridan talab qilinadigan barcha harakatlarni bajarishlari shart.


III. Aksiyada ishtirok etish shartlari

3.1. Aksiyada ishtirok etish uchun aksiya boshlanishidan oldin yoki aksiya o‘tkaziladigan vaqtda Bank tomonidan chiqarilgan amaldagi UzCard DUO kartasi egasi bo‘lishingiz kerak. UzCard DUO karta egasi “Zoomrad” mobil ilovasi orqali 1-bosqichda kamida 200 000 so‘m to’lov yoki P2P o‘tkazmalari (AT “AloqaBank” kartalariga P2P o‘tkazmadan tashqari), 2-bosqichda kamida 300 000 so‘m to‘lov yoki P2P o‘tkazmalari (AT “AloqaBank” kartalariga P2P o‘tkazmadan tashqari)ni amalga oshirishi kerak, shundan so‘ng u avtomatik ravishda ushbu aksiya ishtirokchisiga aylanadi. 

3.2. To‘lovlar – tovarlar va xizmatlar uchun “Zoomrad” mobil ilovasi orqali amalga oshirilgan to‘lovlar (Bank kartalari doirasida pul mablag‘larini kartadan kartaga o‘tkazish hisoblanmaydi) va konversiya operatsiyalarini amalga oshirish orqali bank karta egasining hisobvarag‘ida aks etgan operatsiyalar. Aksiya doirasida ishtirok etadigan tranzaksiya summasi bank komissiyasini hisobga olmagan holda hisoblanadi.  3.3. Bank xodimlari aksiyada ishtirok eta olmaydilar.


IV. Sovrin jamg‘armasi

4.1. Aksiyaning asosiy sovrini quyidagilardan iborat:

4.2. Quyidagi sovrinlar:

4.2.1. 1-bosqich, o‘tkazish muddati 17.06.2024-yil – 15.09.2024-yil. 

4.2.2. 1-o‘rin uchun: 20 million so‘m

4.2.3. 2-o‘rin uchun: 15 million so‘m

4.2.4. 3-o‘rin uchun: 10 million so‘m

4.2.5. 2-bosqich, o‘tkazish muddati 16.09.2024-yil – 15.12.2024-yil.

4.2.6. Aksiyaning bosh sovrini: JETOUR DASHING, rangi: Qora 

4.3. Mazkur aksiya bo‘yicha yutuq (yutuqlar) olinganligi munosabati bilan yuzaga keladigan barcha tegishli soliqlar va davlat budjetiga majburiy to‘lovlarni to‘lash aksiya tashkilotchisi bo‘lmish Bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

G‘oliblar sovrinni almashtirishni talab qilish yoki yutuqning pul qiymatini talab qilish, qiymatdagi farqni qo‘shimcha to‘lab berish yoki qaytarib olish sharti bilan sovrinni boshqa yuqoriroq yoki pastroq qiymatdagisiga almashtirishni talab qilish huquqiga ega emaslar.


V. Aksiyani o‘tkazish va sovrinning o‘ynalishi tartibi

5.1. 2024-yil 17-iyundan (00:00) 15-dekabrgacha (23:59) bo‘lgan muddatda mazkur Qoidalarga muvofiq to‘lov yoki P2P o‘tkazmalari (AT “AloqaBank” kartalariga P2P o‘tkazmadan tashqari)ni amalga oshirgan karta egalari sovrinlar o‘yini ishtirokchilariga aylanadilar. 

5.2. Sovrinlar o‘yini:

5.2.1. 1-bosqich, 2024-yil 17-sentyabrda bo‘lib o‘tadi.

5.2.2. 2-bosqich, 2024-yil 17-dekabrda bo‘lib o‘tadi.

5.3. Ushbu Aksiya bo‘yicha o‘yin g‘oliblari maxsus https://randomus.ru/ manzilida joylashgan platformadagi Randomus dasturi yoki tasodifiy raqamlarni taqdim etadigan shunga o‘xshash dasturlar orqali aniqlanadi.

5.4. Bank aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi, baxsli holatlar yoki sovrinni topshirish holatlari bundan mustasno.

5.5. Aksiyada ishtirok etish ishtirokchilarning o‘z ism-shariflari, familiyalari, fotosuratlari va ular haqidagi boshqa materiallardan Bank tomonidan ularga hech qanday haq to‘lamagan holda reklama maqsadlarida foydalanilishi mumkinligiga o‘z roziligini berishini anglatadi.

5.6. Bank o‘z xohishiga ko‘ra ushbu Qoidalarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish huquqini ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kuchga kirishidan 1 (bir) ish kuni oldin www.aloqabank.uz veb-saytida bu haqida e’lon joylashtirish sharti bilan o‘zida saqlab qoladi. Bank sovrin ro‘yxati va miqdorini o‘zgartirish yoki kengaytirish, shuningdek, o‘yin o‘tkazilish muddatini o‘zgartirish huquqiga ega. Bank Ishtirokchining Aksiyada ishtirok etishi bilan bog‘liq zararlari, xarajatlari va boshqa xarajatlarini qoplab yoki to‘lab bermaydi. 

5.7. Bank yutuq sohibi tomonidan sovrindan foydalanish davrida uning salomatligiga (hayotiga), shuningdek uchinchi shaxslarning mol-mulkiga, salomatligiga yoki hayotiga yetadigan har qanday zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.

5.8. Mazkur aksiya davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha nizolar va kelishmovchiliklar ixtiyoriy ravishda va o‘zaro bir-birini tushunish asosida Bank va Ishtirokchi o‘rtasida muzokaralar olib borish yo‘li bilan hal qilinadi. Agar kelishuvga erishilmasa, nizo sud tartibida ko‘rib chiqilishi kerak.

5.9. Bank maxsus Randomus dasturi yoki tasodifiy raqamlarni taqdim etuvchi shunga o‘xshash dasturlardan foydalangan holda g‘oliblarni aniqlaydi, shuningdek asosiy g‘olib sovrinni rad etgan va/yoki ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan muddatda sovrinni olmagan taqdirda g‘olib deb tanlash uchun zaxira nomzodlari sifatida xar bosqichda qo‘shimcha ravishda sovg’alar soniga teng nisbatda UzCard DUO karta egalarini aniqlaydi.

5.10. Agar Asosiy g‘olib sovrinni rad etsa va/yoki mukofotni o‘z vaqtida olmasa, sovrinni olish huquqi maxsus Randomus dasturida yoki tasodifiy raqamlarni taqdim etuvchi shunga o‘xshash dasturlarda birinchi bo‘lib aniqlangan zaxira nomzodiga o‘tkaziladi. Agar birinchi zaxira nomzod sovrinni rad etsa yoki mukofotni o‘z vaqtida olmasa, sovrin ikkinchi zaxira nomzodiga beriladi.

5.11. Agar Asosiy g‘olib va 2ta zaxira nomzodlari sovrinni rad etsa va/yoki sovrinni o‘z vaqtida olmasa, Bank qaroriga asosan mazkur Qoidalarning 5.8-5.9-bandlarida nazarda tutilgan tartibda g‘oliblar muqobil ravishda aniqlanadi.

5.12. Agar g‘oliblarni muqobil ravishda aniqlash natijasiga ko‘ra sovrin uni rad etilishi va/yoki o‘z vaqtida olinmasligi natijasida topshirilmay qolsa, u holda Bank sovrinni keyingi yutuqli o‘yin uchun, uni mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda g‘olibga amalda topshirilgunga qadar o‘zida qoldiradi.

Aksiya natijalariga ko‘ra g‘oliblarni aniqlash tartibi Bank bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va Bank Boshqaruvi a’zolari tomonidan imzolanadi. g‘oliblarning nomi Bankning rasmiy korporativ veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi. 

5.13. Aksiya g‘oliblariga Bank SMS-xabarnoma yuboradi yoki g‘olib bilan UzCard DUO kartasi bog‘langan telefon raqami orqali bog‘lanadi. 

5.14. Ishtirokchi tomonidan aksiya shartlariga rioya qilmaslik oqibatlari uchun Bank javobgar bo‘lmaydi.


VI. Sovrinlarni olish tartibi va muddatlari

6.1. Aksiya g‘oliblariga sovrinlarni tantanali ravishda topshirish Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mo‘minov ko‘chasi, 4-a uy manzilida joylashgan “AlokaBank” bosh ofis binosida g‘olib tomonidan pasportning asl nusxasini taqdim etish va sovrinni topshirish bilan bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlarni imzolash sharti bilan amalga oshiriladi.

6.2. Sovrinlar g‘olibning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, harbiy guvohnoma) taqdim etilganda, ma’lumotlar to‘liq mos kelgandan so‘ng topshiriladi.

6.3. Pul mukofotlari aksiya g‘oliblarining bank kartalariga tushirib beriladi. 

6.4. Aksiyaning bosh sovrini: JETOUR DASHING avtomashinasi OOO “AUTO MOTORS ASIA” tomonidan foydalanishga topshirishda sotish va sotib olish shartnomasi yoki boshqa huquqiy asoslar asosida amalga oshiriladi. 

6.5. Bank O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatini oladi.

6.6. G‘olib sovrinlar yutilganligi to‘g‘risida xabardor qilinganida, Bank sovrinni olish kerak bo‘lgan muddat va g‘olib tomonidan belgilangan muddatda sovrinni olinmaslik oqibatlari to‘g‘risida g‘olibni xabardor qiladi. Agar g‘olib uzrli sabablarga ko‘ra Bank tomonidan belgilangan muddatda sovrinni ololmasa, unda g‘olibga u sovrinni olishi mumkin bo‘lgan oxirgi muddat to‘g‘risida xabar berish kerak, bunda, muddat g‘olib sovrin yutganligi to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab 20 kalendar kundan oshmasligi kerak.

6.7. Sovrinlar g‘olibga u va Bankning vakolatli vakili tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida topshiriladi.

6.8. Bankning sovrinni ishtirokchiga topshirish bo‘yicha majburiyatlari sovrinlar ishtirokchiga topshirilgan va qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab bajarilgan hisoblanadi.

6.9. Sovringa egalik huquqi sovrin topshirilgan paytdan boshlab g‘olibga o‘tadi.

6.10. Sovrinlarni topshirish jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda tantanali ommaviy tadbir sifatida tashkil etilishi mumkin.

6.11. Bank sovrinlardan foydalanish natijasida sovrin egalarining sog‘lig‘iga (hayotiga), shuningdek, uchinchi shaxslarning mol-mulkiga, sog‘lig‘iga yoki hayotiga yetkazilgan har qanday zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.


VII. Aksiya ishtirokchilarini aksiyani o‘tkazish shartlari, aksiyani ma’lum muddatga to‘xtatish yoki muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida xabardor qilish tartibi

7.1. Aksiya ishtirokchilari aksiyani o‘tkazish shartlari va tartibi to‘g‘risida shahardagi restoranlar, kafelar monitorlarida reklama video roliklarini joylashtirish, bankning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida, internetda, shuningdek televideniyeda postlar joylashtirish orqali xabardor qilinadilar.

7.2. Ushbu aksiya to‘g‘risida ma’lumot, shuningdek aksiya Qoidalari bankning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi: www.aloqabank.uz.

7.3. Aksiya haqidagi batafsil ma’lumotni bankning uzluksiz aloqa kanalini orqali olish mumkin: (+998 71) 230-7777.

7.4. Aksiya muddatidan oldin tugatilgan, uni o‘tkazish muddati uzaytirilgan yoki Qoidalari o‘zgartirilgan taqdirda tegishli ma’lumotlar bankning www.aloqabank.uz veb-saytida joylashtiriladi.





Report Page