ASOSSIZ HISOBLANGAN 5 MLRD SO‘MGA YAQIN QARZDORLIK QO‘MITA ARALAShUVI BILAN BYEKOR QILINDI

ASOSSIZ HISOBLANGAN 5 MLRD SO‘MGA YAQIN QARZDORLIK QO‘MITA ARALAShUVI BILAN BYEKOR QILINDI


Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Angren shahridagi faoliyat yurituvchi “ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI” AJning qilgan murojaati o’rganib chiqildi.

Mazkur murojaatda “ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI” AJ Angren shahrida joylashgan yagona ishlab chiqaruvchi “YEROSTIGAZ” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan va muntazam yetkazib beriladigan gazdan yoqilg‘i sifatida foydalanilishi va o‘zaro tuzilgan xo‘jalik shartnomasi orqali gaz xarid qilinishini ta’kidlab, jamiyat tomonidan 2023-yil 8-noyabrdan boshlab narxni qimmatlashtirilganligi, ya’ni yetkazib berilgan 1000 m.kub yerosti ko‘mir gazi uchun 265 536,32 so‘mdan realizatsiya qilinganligini bildirib “YEROSTIGAZ” AJ tabiiy monopoliya subyektlari davlat reyestriga kiritilganligini inobatga olib ushbu masalada amaliy yordam berish so‘ragan.

Yuqoridagilarga ko‘ra hududiy boshqarma tomonidan “YEROSTIGAZ” AJga O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni 18-moddasi birinchi qismining buzilish alomatlari bilan Vazirlar Mahkamasining 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan, asossiz hisoblangan 5 mlrd so‘mga yaqin pul mablaglari “ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI” AJ foydasiga qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha belgilangan tartibda bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Report Page