ARM
Umidjon KenjayevDiqqat! Robototexniklar uchun tanlov🤖

📌 Eng yaxshi protez qo'l loyixasi tanlovi. Bu loyiha protez qo'lning eng yaxshi namunasini yaratish uchun. 1ta eng yaxshi protez qo'l loyixasi g'olib bo'ladi va mukofotlanadi. Shu loyihasiga sarflangan mablag'i ham qoplab beriladi!
🤩 Tanlovda, faqat real proyekt bilan hamma qatnashishi mumkin!
Tanlov shartlari:
1. Loyiha namunasi tayyor bo'lishi kerak;
2. Loyiha namunasi aniq ishlashi kerak;
3. Agar loyiha 3d orqali qilingan bo'lsa, 3d model taqdim etilishi kerak;
4. G'olibni faqat loyiha kuzatuvchi xakam aniqlaydi(investor);
5. Protezni har bitta barmog'i aloxida ishlashi kerak;
6. Yutgan proyektni moliyalashtirish investor va g'olib o'rtasida o'zaro kelishuv asosida bo'ladi!

Kimlar qatnasha olmaydi:
1. Internetdagi eng oddiy tayyor 3d model bilan qatnasha olmaysiz;
2. Qog'ozdagi chizmalar bilan, video yoki rasm bilan qatnasha olmaysiz;
3. Birovning loyihasi bilan qatnasha olmaysiz;
5-dekabrgacha ro'yxatdan o'tish mumkin. Loyihalar maxfiy telegram gruppada muxokama qilinadi!
🔖 Investor tomonidan tayinlangan asosiy xakam: Umidjon Kenjayev
Asosiy qarorni Umidjon Kenjayev taklifidan kelib chiqqan holda investor qa'bul qiladi!
☝️Eslatma! Biz g'oya o'g'risi emasmiz! Biz haqiqiy loyiha qidirmoqdamiz. Sizda talant bormi? Bizda investor bor!
Asl nusxa file ma'lumotlar gruppaga tashlanmaydi. Mualliflik xuquqini saqlash maqsadida file asl nusxalar baxolash uchun Umidjon Kenjayev lichkasiga jonatiladi! Kim g'olib bo'lganni bilish uchun loyiha video va rasmlari maxfiy gruppada hammaga ko'rsatilishi kerak!
• Bu oddiy tanlov emas. Savobli loyiha tanlovi, bu protez qo'l 1ta nogiron insonni hayotga qaytaradi.
Asosiy xakam: 👉 @roboshop_admin