АRК

АRК

Turizmni rivojlantirish instituti 

Buxoro xonlari, keyinchalik amirlaning qarorgohi bo’lmish, Ark qal’asi Buxoroning eng qadimiy yodgorligidir. Hozirgi ko’rinishdagi poydevorlar ostida, ancha chuqurroqda Arkning eramiz boshiga tegishli arxeologik qatlamlari joylashgan.

https://alsamarkand.com

Ko’p asrlar davomida Ark qal’asi Buxoro hukmdorlarining asosiy qarorgohi bo’lib, buyuklik, hokimiyat va barqarorolik ramzi bo’lib kelgan. Hozirgi kungacha yetib kelgan Ark qal’asidagi inshottlar asosan XVIII asr oxiri - XX asr boshlarida qurilgan. Bugungi kunda Ark noto’g’ri to’rtburchakka o’xshash shakldagi g’arbdan sharqqa  qarab bir oz cho’zilgan katta balandlik sathidir.

Ark to’g’risidagi ilk yozma ma’lumotlar Narshaxiyning (899–960) “Buxoro tarixi” kitobida keltirilgan: “Buxoroning hokimi Bidun Buxor-Xudot ushbu qal’ani qurdi, ammo tez orada u qulab tushdi va shundan keyin hokim donishmandlarni o’z huzuriga chaqirdi, shunda ular qal’ani Katta Ayiq yulduzlar turkumi shaklidagi burjga o’xshash ettita ustunga asoslagan holda qurishni maslahat berishdi. Shu reja asosida Ark qurila boshlandi va u qulab tushmadi ».

Arkning asosiy kirish qismi me’moriy jihatdan ikki ustunli minoralar shaklida qurilgan bo’lib, ularning yuqori qismi panjaralar bilan bog’langan, uning ustiga ayvonxona qurilgan. Arkka kirish ikki tomoni ulkan toshlar bilan o’ralgan pandus orqali kiriladi. Pandusning uzunligi taxminan 20 m bo’lib, devorlardan biriga katta charm qamchi (Amir hokimiyatining ramzi) ilib qo’yilgan.

Darvozadan uzun qorong’i yo’lak (dolon) boshlanadi, uning ikki yon tomonida suv, qum va mahbuslar saqlanishi uchun bir nechta hujralar mavjud bo’lib, ularning birida taniqli yozuvchi Sadriddin Ayniy ham bir paytlar azob chekib yotgan.

Ark ichki hududida binolarning katta majmuasi joylashgan. Arkning sharqiy yarmi hozirgi vaqtda arxeologik qazilma joyi hisoblanadi.

Ark feodal tuzumdagi shahar markaziga aylanganligi sababli, u yerda saroy, hukumat idoralari, qamoqxona, g’azna va masjidlar bor edi. Demak, mamlakatning oliy hukumati. Davlatni boshqaruvchi oliy hukumat ishlari  shu yerdan turib amalga oshirilgan.

Arkdan g’arbiy tomonda, arablar bosqinidan oldingi davrda, shaharning bir paytlar odamlar bilan gavjum jamoat markazi bo’lgan Registon maydoni vujudga kelgan. XIII asrgacha u yerda devonlar (vazirliklar)ning ma’muriy binolari va zodagon amaldorlarning turarjoy saroylaridan tashkil topgan, keyinchalik esa bozor rastalari egallagan.

https://silkadv.com

Ark ro’parasida qurol aslahaxona ombori, qurol-yarog’ ustaxonalari, harbiy bosh qo’mondonning qabulxonasi, shuningdek, katta Poyanda masjidi, kichik mahalla masjidlari, Bozori Gusfand madrasasi va Dorul-shifo-madrasa mavjud bo’lib, u erda bo’lajak shifokorlar ta’lim olishgan, uning tarkibida kasalxona va tibbiy maslahat-yordam bo’limlari mavjud edi. Shuningdek bu maydonda don mahsulotlari, go’sht, attorlik buyumlari, choy, qog’oz, siyoh, yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun beshiklar, qoramol, sabzavotlar, poliz mahsulotlari, qovun, tarvuz, yog’och idishlar va boshqa mahsulotlar savdosi ham amalga oshirilgan.

Ark - qurilish nuqtai nazaridan g’arbdan sharqqa bir oz cho’zilgan noto’g’ri to’rtburchak shaklida. Ark devorlarning uzunligi 789,6 metr, maydoni esa 3,96 gektarni tashkil etadi. Ark qal’asi mudofaa devorlari balandligi Registon maydoni sathidan 16 dan 20 m gacha o’zgarib turadi. Arkning baland kirish portali XVII asrda qurilgan galereya (nog’oraxona) bilan bezatilgan. Bu erda kun davomida turli maqomlar ijro etilgan, ular orqali aholi vaqtni bilishardi.

Arkning butun hududini ikki qismga bo’lish mumkin: g’arbiy va sharqiy. Sharqiy yarmi bugungu kunda arxeologik qazilmalar joyi bo’lib, tomosha qilish uchun man etilgan. Arkning tarkibiga: amirning uyi, masjid, haram, salomxona, maishiy xizmat xonalari, kiyim-kechak uchun omborlar, gilamlar, idishlar, choyshablar uchun mo’ljallangan xonalar, g’azna, amirning shaxsiy soqchilari turar joylari, qurol aslahaxona, zargarlik ustaxonasi, zarbxona kiradi.

Dolon XVIII asrda bosh mahalla masjidi tarzida qayta qurilgan Jome masjidiga olib boradi. Masjid u uch tomonli ayvon bilan o’ralgan to’rt ustunli iсhki honadan ibirat. Ichki hona bezaklari XIX asr oxiri XX asr boshlariga xosdir. Masjidning e’tiborni o’ziga tortadigan eng go’zal qismi bu - mehrob va qismlarga bo’lingan yog’och shiftdir.

Bu erda so’nggi ta’mirlash ishlari 1910-1920 yillarda ganch o’ymakorligi bilan shug’ullangan taniqli o’zbek xalq ustasi Shirin Murodov ishtirokida amalga oshirildi. Hozir ushbu masjidda qo’lyozma kitoblarining noyob eksponatlari ko’rgazmaga qo’yilgan Xattotlik tarixi muzeyi joylashgan.

Arkda saqlanib qolgan yodgorliklardan biri bu Ko’rinishxona bo’lib, u Buxoro amirining taxt xonasi, marosimlar va tantanalar o’tkaziladigan keng hovlidan iborat.

https://avtoturistu.ru

Bu g’isht bilan qoplangan keng va katta hovli bo’lib, uch tomonidan ingichka yog’och ustunli ayvonlar bilan o’ralgan.

Keng peshayvonli hovlining to’rida amir taxti o’rnatilgan. Ushbu marmar "taxt" Nurotalik ustalar tomonidan 1669 yilda yasalgan, u o’yma marmar ustunlar ustiga o’rnatilgan naqshinkor ko’shk ostida turibdi. Aynan shu erda 1753 yilda o’zbek qabilalarining Mang’it urug’i vakili Muhammad-Rahim "amir" unvoni bilan Buxoro taxtiga o’tiradi. Buxoro xonligi shu paytdan boshlab Buxoro amirligi nomlana boshlandi.

Ushbu hovlida g’azna joylashgan bo’lib, marmardan o’ymakorlik usulida yasalgan ikkita sher qiyofasidagi qo’riqchi uning eshiklari oldiga o’rnatilgan.

https://f.otzyv.ru

Qushbegi amirlikda bosh vazirning o’rinbosari. Amir nomidan deyarli barcha ishlarni u bajargan. Amir shaharda yo’qligida qushbegi Arkni tark etishga haqqi yo’q edi.

Rasmiy amaldorlar Qushbegiga bo’ysunishgan. Amirning maslahat kengashi tarkibiga yuqori martabali boy zodagonlar va harbiy amaldorlar, diniy ulamolar va qozilar kirgan. Ular orasida Hoji kalon ham bor edi, u amirga eng yaqin shaxs bo’lgan, amir bilan yaqindan salomlashgan shunigdek u saroyga erkin kirib xhiqa olgan. Taxt xonasi ro’parasida Sayisxona, otlar saqlanadigan hovli mavjud. Ushbu hovlidagi binolarning birida suvoriy va harbiy qurol aslahalar, asbob anjomlarni asl eksponatlari namoyish etilgan.

Arkda saqlanib qolgan yana bir hovli saqlanib qolingan, unda bir va ikki qavatli qilib qurilgan binolar mavjud. Ularning birida 1927 yilda tashkil etilgan tarix-o’lkashunoslik muzeyi ekspozitsiyasi joylashgan.   Ekspozitsiyada Buxoro vohasining dastlabki kommunal tizimdan hozirgi kungacha bo’lgan tarixi va jug’rofiyasi haqida hikoya qilinadi. Muzeydagi boshqa bir ekspozitsiya esa Buxoro viloyatining tabiiy boyliklari to’g’risida hikoya qiladi.

Chortoqdan so’ng, mehmon qabul qilinadigan Salomxona maydoni joylashgan.   Har kuni ertalab Arkda yashovchi aholining barchasi bu erga amirni qarshi olib salomlashish uchun to’plangan. Bu yerda ham bir qancha muzey bo’limlari mavjud. Ko’rgazma eksponatlari orasida qadimiy urf-odatlar bilan bog’liq buyumlari, hunarmandchilik buyumlari,  temirchilik, to’qish, misgarlik buyumlari, zardo’zlik (oltin suvi yuritilgan ipakda kashta tikish), kulolchilik buyumlari, tanga va qog’oz pullar, epigrafiya, darveshlar kiyimlari, musiqiy asboblar, taxt, shaxsiy buyumlar (kiyim-kechak, amir poyafzallari), Buxoro amirligi bayrog’i shunigdek Hindiston, Xitoy, Erondan olib kelingan buyumlar,  shu jumladan Rossiyadan kelgan sovg’alar mavjud.

O’rta asrlarda Rudakiy, Firdavsiy, Abu Ali ibn Sino, Al-Farobiy, keyinchalik Umar Xayyom Arkda faoliyat yuritgan. Bu erda noyob kutubxona saqlangan, u haqida Abu Ali ibn Sino shunday yozgan: "Men bu kutubxonada o’zim bilmagan va hayotimda hech qachon ko’rmagan kitoblarni topdim. Men ularni o’qidim va har bir olimning o’z yo’nalishidagi o’rni, yutuqlari aniq bo’ldi. Qarshimda men hech qachon bilmagan shu qadar chuqur bilimlarning eshigi ochildi". Katta ehtimol bilan qirg’in barot urushlarning birida kutubxona talon-taroj qilingan.

Ark 1920 yilgacha (Sovet hukumati o’rnatilgunga qadar) Buxoro amirligi hukmdorlarining asosiy qarorgohi bo’lgan va bugungi kunda ushbu ulug’vor tarixiy yodgorlik davlat muzey-qo’riqxonasi hisoblanadi.

USLUBIY TAVSIYALAR:

1. "Ark" obyektini ko’rsatish paytida sayyohlar guruhini Registon maydonida markaziy portalning kirish qismi va yon devorlari, yaxshisi o’ng tomoni aniq ko’rinishi uchun qulay joyga joylashtiring.

2. Maydon katta va ochiq osmon ostida bo’lganligi sababli ob-havo sharoitlarini, ayniqsa issiq va yomg’irli kunlarni hisobga olish kerak.

3. Arkni ichkarisiga kirishdan oldin sayyohlargai qadimiy Buxoroning tarixi  bilan tanishtiring.

4. Pandus va dolonga chiqishda guruhning yosh ko’rsatkichlarini hisobga oling.

5. Ark ichida ixcham guruh bo’lib harakatlaning (agar sayyohlar soni ko’pchilikni tashkil etsa).

6. Agar muzeyning kichkina zallarida boshqa sayyohlik guruhlari bo’lsa, boshqalarni hurmat qiladigan holda ovozini pasaytirishi kerak.

7. Ansamblni ko’rsatish va hikoya qilib berayotganda, gid tarjimon 90 daqiqa vaqt ajratishi kerak.

8. Mustaqil tomosha qilish va suratga olish uchun sayyohlarga kamida 30 daqiqa vaqt beriladi.

Tuzuvchi: Abdunabiyeva D.A. - Turizmni rivojlantirish institutining o’quv va uslubiy ishlanmalarni muvofiqlashtirish bo’limining bosh mutaxassisi.

Tarjimon: Ergashev.T.A.

Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti

👉 Join it: https://t.me/guide_portfolio

Report Page