AQShda koronavirusni davolashda 72 xil usul sinab ko‘rilyapti

AQShda koronavirusni davolashda 72 xil usul sinab ko‘rilyapti

Telegram kanal @Zarbdor
Amerika

AQShda koronavirusni davolashda 70 xildan ortiq usul sinab ko‘rilyapti, dedi prezident Donald Tramp.

«Hozir AQShda 72 xil faol sinovlar o‘tkazilmoqda, o‘nlab terapevtik metod va davolash usullari ustida tadqiqotlar olib borilmoqda, yana 211 tasi rejalashtirish bosqichida turibdi. Gap davolash va vaksinalar haqida boryapti», — dedi Tramp.

«Shaxsan men davolash usulini afzal ko‘raman, chunki ular odamlarga darrov yordam beradi»,— deb qo‘shib qo‘ygan prezident.

Tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi vaksina yaratish uchun pandemiya boshlangandan so‘ng kamida 12-18 oy vaqt kerak bo‘lishidan ogohlantirishgandi.


Report Page