AQSh vizasiga murojaat qiluvchilar diqqatiga muhim ma'lumot

AQSh vizasiga murojaat qiluvchilar diqqatiga muhim ma'lumot

AQShning Toshkentdagi Elchixonasi | Konsullik bo‘limi

⚠️ Viza murojaatchilari diqqatiga: Toshkentdagi AQSh Elchixonasi  2024-yilning 13-Fevralidan e'tiboranbarcha noimmigratsion viza murojaatchilaridan, aynan suhbatga ro'yxatdan o'tish vaqtida foydalanilgan DS-160 anketasini, suhbat kuni ham taqdim etishlarini talab etishni boshlaydi. Suhbatga farqli DS-160 anketasining tasdiqlangan sahifasi bilan tashrif buyurgan murojaatchilar viza suhbatiga qabul qilinmaydilar va ulardan qayta suhbatga ro'yxatdan o'tishlari so'raladi. 

Siz suhbatga ro'yxatdan o'tish uchun foydalangan DS-160 anketasi to'liq to'ldirilmagan yoki sezilarli xatolarni o'z ichiga olgan bo'lsa, u holda, yangi DS-160 anketa to'ldirishingiz va anketaning yangi barkod raqamidan foydalangan holda, yangi suhbat kuni belgilashingiz kerak bo'ladi.

Agar anketangizga faqatgina kichik o'zgartirishlar kiritishingiz zarur bo'lsa, u holda yangi anketa to'ldirmasdan va qayta suhbat kuni belgilamasdan, viza suhbatiga kelishingiz mumkin bo'ladi. Xodimlarimiz anketangizdagi kichik xatolarni to'g'rilashda ko'mak berishlari mumkin.


English | Русский язык


Report Page