AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)O‘zbekistonda besh yilga mo‘ljallangan “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini ishga tushirdi. 2024-yil 20-fevral kuni dasturning taqdimoti o‘tkazilgan edi.2024-yil 20- fevral kuni Creative Associates Internatio…

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)O‘zbekistonda besh yilga mo‘ljallangan “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini ishga tushirdi. 2024-yil 20-fevral kuni dasturning taqdimoti o‘tkazilgan edi.2024-yil 20- fevral kuni Creative Associates Internatio…




    2024- yil 27- aprel kuni loyiha a'zolari amalga oshiriladigan ishlarni barcha ishtirokchi a'zolar takliflariga ko'ra birgalikda rejalashtirilib olindi.

   Tadbirda Maktabgacha, maktab ta'limi vazirligidan KUCHKAROVA NARGIZA SHARAFJANOVNA, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori ИСМАИЛОВ

АБДУВАЛИ АБДУМАЛИКОВИЧ , Toshkent tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bo'limi bishlig' Nilufar Ubaydullaeva, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi , Toshkent shahar PYMO'MM va Toshkent viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim metodikalari kafedrasi katta õqituvchisi Qo'ldosheva Dilorom Abduxamidovna, umumta'lim maktab o'qituvchilari , USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori DEVID XOFMAN va boshqalar ishtirok etdi. Ular o‘z nutqida O‘zbekistondagi har bir bolaning muvaffaqiyatini ta’minlashda hamkorlik va fidoyilik muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.


  "Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi rahbari Keyt Lephemning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha O‘zbekiston hukumatiga inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha siyosat va strategiyalarni ishlab chiqishda ko‘maklashadi.

 Uning qayd etishicha, “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi O‘zbekiston hukumati bilan o‘quv materiallarini tahlil qiladi va quyidagi qo‘shimcha resurslarni ishlab chiqadi:


har bir bolani qamrab olishga qaratilgan ta’limda individual yondashuvni qo‘llab-quvvatlash;

o‘qish, matematika, tanqidiy fikrlash, ijtimoiy va emotsional kompetensiyalarda fundamental ko‘nikmalarni rivojlantirishga ko‘maklashish;

turli ko‘rinishdagi ko‘rinar va ko‘rinmas nogironligi bo‘lgan bolalarning umumta’lim sinflarida muvaffaqiyatli o‘qishlarida yordam berish.


Report Page