AQSH Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukraina foydasiga musodara qilish yo‘lini qidirmoqda-FT

AQSH Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukraina foydasiga musodara qilish yo‘lini qidirmoqda-FT


AQSH Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukraina foydasiga musodara qilish yo‘llarini faol o‘rganmoqda. Bu haqda “Financial Times” ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, so‘nggi haftalarda Qo‘shma Shtatlar ushbu aktivlarni musodara qilish bo‘yicha muzokaralarda yanada qat’iy pozitsiyani egallagan.

Ismi oshkor etilmagan AQSH rasmiysining “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida Vashington Rossiya aktivlaridan foydalanish bo‘yicha faol muzokaralar olib borayotgani va bu haqda tezda qaror qabul qilish kerak, deb hisoblashini aytgan.

Ushbu masala G7 davlatlari tomonidan muhokama qilinishi mumkin.

“Muzokaralar Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganining ikki yilligiga to‘g‘ri keladigan G7 yetakchilari sammitida o‘tkazilishi mumkin”, deb yozadi gazeta.

Rossiya aktivlarini musodara qilishning qonuniy yo‘li yo‘q

2023 yilning yozida Yevropa Ittifoqi ishchi guruhi Rossiya aktivlarini musodara qilishning qonuniy yo‘li yo‘q, degan xulosaga kelgandi. YeI shu tariqa olingan foydani Ukrainani qayta tiklashga ishlatish uchun muzlatilgan mablag‘larni qayta investitsiya qilish imkoniyatlarini o‘rganishga e’tibor qaratdi.

“Financial Times”ning qayd etishicha, muzokaralarning faollashuvi so‘nggi haftalarda Ukrainaga ikkita moliyaviy yordam paketini ajratish muvaffaqiyatsizlikka uchragani bilan bog‘liq.


Report Page