AQSH O'ZBEKISTONDAN MAXSUS POYABZALLARNI SOTIB OLISHNI BOSHLASHI MUMKIN

AQSH O'ZBEKISTONDAN MAXSUS POYABZALLARNI SOTIB OLISHNI BOSHLASHI MUMKIN


“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev “Arosa Systems” kompaniyasi bosh direktori Guliya Vinikons bilan o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning charm-poyabzal mahsulotlarini eksport qilish va ularni AQSh bozorlariga yanada kengroq chiqarish masalalarini muhokama qildi.

Arosa Systems sanoat jarayonlari uchun yongʻinni aniqlash va boshqarish boʻyicha yuqori tezlikdagi tizimlarini butun dunyo boʻylab taqdim etadi. Kompaniya shuningdek, hayot faoliyati xavfsizligi uchun mahsulotlar boʻyicha oʻz liniyasiga ega ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Arosa Systems global toʻqimachilik sanoatiga xizmat koʻrsatish bilan ham shugʻullanadi va endi boshqa tarmoqlar uchun ham xavfsizlik boʻyicha oʻz yechimlarini butun dunyo boʻylab taklif etmoqda.


Tomonlar autsorsing va franchayzing shartlari asosida maxsus poyabzal ishlab chiqarishni O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish, shuningdek, qo‘shma investitsiya loyihalarini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Dastlabki bosqichda tekshirish va laboratoriya sharoitida tadqiq etish uchun poyabzal mahsulotlari namunalarini jo‘natish haqida kelishuvga erishildi.

Shu bilan birga, poyabzal ishlab chiqaruvchilar bilan ikki tomonlama o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida mazkur kompaniya rahbari joriy yilning 18-20 oktabr kunlarida o‘tkaziladigan navbatdagi kuzgi “UzCharmExpo-Eurasia-2023” xalqaro ko‘rgazmasiga taklif etildi.


 


Report Page