AQSH MINNISOTA UNIVERSITETI DELEGATSIYASI UNIVERSITETIMIZDA OLIB BORILAYOTGAN REAL ILMIY TADQIQOTLAR BILAN TANISHDI

AQSH MINNISOTA UNIVERSITETI DELEGATSIYASI UNIVERSITETIMIZDA OLIB BORILAYOTGAN REAL ILMIY TADQIQOTLAR BILAN TANISHDI


2024-yil 18-aprel kuni universitetimizda mehmon bo'lib turgan AQSH Minnisota universiteti delegatsiyasi bilan universitetimiz olimlarining universitetimizda olib borilayotgn ilmiy ishlar bo’yicha bevosita fikr almashinuv tadbiri bolib o'tdi.

Tadbirda universitetimiz rektori, professor X.B.Yunusov, Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi professori v.f.d. B.Bakirov va «Oziqlantirish va zoogigiyena» kafedrasi mustaqil izlanuvchisi, dotsent A.Turdiyevlar universitetda olib borilayotgan Mega-Loyiha doirasida bajarilayotgan «Turli ekologik, gigiyenik hamda alimentar omillarning quyonlarning mahsuldorlik,   pushtdorlik hamda rezistentlik ko'rsakichlariga ta’siri» mavsusidagi  ilmiy tadqiqot ishi boyicha olingan dastlabki natijalar, ularning ilm fan va amaliyotdagi nazariy hamda amaliy ahamiyati bilan mehmonlarni batafsil tanishtirdilar. 

Mehmonlar va tadbirda ishtirok etayotgan talaba-yoshlar va ilmiy izlanuvchilarni quyonchilikda gidropon ko'katidan foydalanish sir-asrorlari,   Samarqand va Orol bo'yi hududlaridagi mavjud geoekologik omillarning quyonlar organizmiga ko'rsatadigan ta’sirlarining o’ziga xos xususiyatlari hamda ushbu ta’sirlar oqibatida paydo bo'ladigan kasaliklar va ularni profilaktik (oldindan) tarzda bartaraf etish bo'yicha erishilayotgan natijalar tafsilotlari, ayniqsa, qiziqtirdi.

Qiziqarli ilmiy bahs va munozaralar davomida AQSh Minnisota universiteti professori Tom Mollimor Samarqand Davlat veterinariya meditsinasi, chorvachiik va biotexnologiyalar universitetida olib borilayotgan ilmiy ishlar, xususan quyonchilik bo'yicha erishilayotgan ilmiy natijalardan qoniqish hosil qilganligi, bu borada har ikki davlat olimlari hamkorlikda yanada yuqori natijalarga erishishiga ishonishi to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi va kelajakdagi ishlarga omad tiladi.

Tadbir so'ngida mehmanlar va tadbirning boshqa ishrtirokchilari tomonidan juda ko'plab savollar tushdi va bu savollarning barchasiga ilmiy ish ijrochisi tomonidan qoniqarli javoblar berildi. 


Axborot xizmati



Report Page