AQSH 50 yildan keyin Oyga qaytdi: “Odissey” roboti Oydagi kraterlar hududiga qo‘ndi

AQSH 50 yildan keyin Oyga qaytdi: “Odissey” roboti Oydagi kraterlar hududiga qo‘ndi


Amerikaning Intuitive Machines kompaniyasi Oyga missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi: uning roboti “Odissey” Oyning janubiy qutbi yaqiniga xavfsiz qo‘ndi. Bu tijorat asosida amalga oshirilayotgan birinchi shunday loyihadir.

“Bizning uskunamiz Oy yuzasida ekanligini tasdiqlashimiz mumkin va biz signal olmoqdamiz”, — dedi missiya direktori Tim Kreyn.
Foto: Google Images

AQSH 1972-yilda Apollon dasturi bo‘yicha Oyga parvoz qilgan. O‘shandan beri 50 yildan ortiq vaqt davomida amerikaliklar Oyni tadqiq qilishda muvaffaqiyatga erisha olmayotgandi.

NASA vakili Bill Nelsonning so‘zlariga ko‘ra, Intuitive Machines’ning muvaffaqiyatli ishga tushirilishi shunchaki omad emas, balki haqiqiy g‘alabadir.


“AQSH Oyga qaytdi. Bugun insoniyat tarixida birinchi marta tijorat kompaniyasi u yerga sayohat qildi. NASAning tijoriy hamkorligi o‘z samarasini bermoqda”, — dedi Bill Nelson.




Report Page