AQL CHARXI O'YINLARIDA - BILIMDONLAR BAHSLASHMOQDA.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20 yanvardagi “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YININI AHOLI O‘RTASIDA OMMAVIY-MA’RIFIY HARAKATGA AYLANTIRISH VA BOSHQA INTELLEKTUAL O‘YINLARNI RIVOJLANTIRISHGA OID CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA"gi 96-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 12-sentabr kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi, tuman xalq ta'lim bo'limi, yoshlar ittifoqi, bilan hamkorlikda 23 ta maktabdan tashrif buyurgan jamoalar o'rtasida zakovat intelektual o'yini bo'lib o'tdi.
Savollar ketma ketlikda eʼlon qilinib, har biri uchun bir daqiqadan vaqt ajratildi. Har bir savol mantiqiy aniq, faktlarga asoslangan holda tuzilib, komissiya tomonidan tanlab olingan. Savollarning javobini topish topqir tinglovchilar uchun oson kechmagan bo‘lsada, aksariyat jamoa aʼzolarida “Zakovat” intellektual o‘yinida tajriba orttirgani yaxshi natijalar qayd qilishi uchun qo‘l keldi.
Barcha jamoalar ko‘plab savollarga to‘g‘ri javob berishdi. Shunday bo‘lsada, ularning orasidan eng kuchlilari hakamlar hayʼati tomonidan qo‘yilgan adolatli baholar orqali aniqlandi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning bilim va aqliy salohiyatlarini yanada o’stirish, ularni yanada ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yuksaltirish maqsadida tashkil etildi. Shuningdek, bu kabi tadbirlarni davomli bo’lishi rejalashtirilgan.
Yoshlarning taʼlim olishi, o‘z isteʼdodlarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi